Tafsiri hilol
Tafsiri hilol | |
---|---|
Tafsiri hilol 6 jildlik | |
Muallif | Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf |
Orginal tili | oʻzbek |
Nashriyot | 2009 „Sharq“NMAK |
Sayti | http://islom.uz |
Tafsiri Hilol — Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining qalamlariga mansub olti jildlik Qurʼoni Karim kitobining tafsiridir. „Tafsiri Hilol“ — butun olamga mudarris boʻlgan buyuk ulamolar yurti — Movarounnahr diyorida yozilgan eng yangi tafsirdir. Zamonamizning din olimlaridan biri shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining ushbu tafsirlari oʻzining sodda va ravon tili, teran va daqiq uslubi bilan ajralib turuvchi shoh asardir. „Tafsiri Hilol“ moʻtabar tafsirlarning anʼanalariga sodiq qolgan holda, bugungi kun kitobxonining saviyasi, dunyoqarashi va ehtityojlarini ham hisobga olib yozilgan boʻlib, oʻquvchini Qur’oni karim maʼnolarining bitmas-tuganmas hikmatlariga oshno etadi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qoʻmitasi ning 61 -sonli tavsiyasi ila chop etilgan.[1].Olim asarni 1991—1993-yillar oraligʻida Makka shahrida yozgan. Hozirgi kunda bu asar nafaqat oʻzbek xalqi balki qarqosh boʻlgan qozoq, qirgʻiz, turkman xalqlari va yevropa,osiyo mamlakatlari musulmon aholisi uchun Qurʼoni Karimning eng ishonchli tarjima va tafsiri boʻlib xizmat qilib kelmoqda, shu sababdan ham bu kitobni ingliz, rus va boshqa tillarga tarjima qilish jaroyonlari yoʻlga qoʻyilgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |