Tabriz bozori
Qiyofa
Tabriz bozori — Eronning Tabriz shahrida joylashgan. Tabriz shahri oʻzining geografik joylashuvi, tarixiy ahamiyatiga binoan Erondagi va hatto jahondagi eng katta usti yopiq bozorga ega. Bozorning arxitekturasi, tarkibidagi masjid va madrasalar Tabriz bozorining ulugʻvorligini oshiradi. Ushbu bozor haqida Nosir Xisrav, Marko Polo, Ibn Battuta, Klavixo kabi mashhur sayyoh va olimlar oʻzlarining kitoblarida tilga oladilar[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Mostafaviy, Hamid. Tasvirlarda Eron bo'ylab sayohat, 2013, SOKHANVARAN PUB. — 18-bet. ISBN 978-600-9675-31-3.