Tabla
Qiyofa
Tabla (arab, tabl — urma cholgʻu) — hind urma musiqa cholgʻusi. Ikkita — odatda kattaroq (past tovushli) dayyan hamda kichikroq (yuqori tovushli) bayyan deb ataluvchi nogʻorachalardan iborat. Yogʻoch, sopol yoki misdan ishlangan kosaxonalari 2 qatlamli teri bilan qoplanadi. Ijrodan avval bular terisi ustiga un, temir qirindisi va yelim aralashmasidan tayyorlangan maxsus kukun suriladi. Ijrochi T.ni qoʻl barmoklari va kaftlar bilan urib, turli usullar chaladi. T. yakkanavoz hamda turli mumtoz musiqa (jumladan, raga) ansambllarida asosiy joʻrnavoz cholgʻu sifatida keng qoʻllanadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |