Kontent qismiga oʻtish

Tabiiy antibakterial preparatlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tabiiy antibakterial preparatlar — tabiiy ravishda oʻsimlik yoki hayvon mahsulotlaridan olinadigan moddalar hisoblanadi. Ular qatoriga novaimanin, xlorofilipt, ekteritsid kabi moddalar kiradi.[1]

Novoimanin sariqchoy oʻsimligidan olinadi va abssess, flegmona, infeksiya tushgan jarohatlarni davolashda mahalliy qoʻllanadi. 0,1 foizli eritmasi tamponlar, yiringli jarohatlarda, burun-tomoq kasalliklarida esa 0,1-0,01 foizli eritmasi ishlatiladi. 10 ml dan 1 foizli eritmada chiqariladi.

Xlorofilipt — evkalipt bargidan olingan xlorofillar yigʻindisidir. Xirurgiyada mahalliy va parenteral usulda 0,2 foizli eritmasi kuygan va trofik yaralarda, 0,01 25 foizli eritmasi yiringli boʻshliqlarni yuvish uchun ishlatiladi. 0,25 foizli eritmasi 2 ml dan ampulada chiqariladi. Septik holatlarda 2 ml ni 38 ml fiziologik suyuqlikda eritilib, 4 marta vena tomiriga 4-5 kun mobaynida yuboriladi.

Ekteritsid — baliq moyining oksidlanishi natijasida hosil boʻlgan suvda eruvchan modda. Kuyish, trofik va yiringlagan yara, furunkul va karbunkul, sekvestrektomiyadan soʻng preparatni suyultirmasdan qoʻllanadi. Flakonlarda 100 va 250 ml dan chiqariladi. Baliz — baʼzi bir saxaromitsetlarni fermentatsiya qilish natijasida olingan preparat. Stafilokokka nisbatan antibakterial faollikka ega, undan kuchsizroq protey va koʻk yiringlatuvchi bakteriyalarga taʼsir qiladi. Jarohatlarda reparativ jarayonlarni yaxshilaydi, nekrotik massalar koʻchishiga yordam beradi. Flakonlarda 400 ml dan chiqariladi va salfetkalar hoʻllab jarohatga qoʻyiladi.[2]

  1. Odilov. Antibakterial preparatlar. Toshkent: Ilm ziyo, 2007-yil — 256-bet. ISBN 978-9943-303-56-0. 
  2. Oripov. Tabiiy antibakterial preparatlar. Toshkent: Yangi asr avlodi, 2008-yil — 497-498-bet. ISBN 978-9943-08-238-0.