Kontent qismiga oʻtish

Tank 500

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(TANK 500dan yoʻnaltirildi)
Tank 500
Asosiy maʼlumotlar
Ishlab chiqaruvchi Great Wall
Model yili 2022-yil
Zavod(lar) Tyantszin, XXR Xitoy
Tasnifi
Sinfi Katta oʻlchamli SUV
Segment Premium
Platformasi GWM Tank
Kuch moslamalari
Dvigateli 6Z30 V6
Transmissiyasi 9-pogʻonalik avtomat
Quvvati 354
Oʻlchamlari
Gʻildirak bazasi 2850
Uzunligi 4878
5070[1]
Kengligi 1934[1]
Balandligi 1905[1]
Vazni 2455
2535[1]
Bak hajmi 80 l[1]
Eksteryer
Oʻrindiqlar soni 7
Eshiklar soni 5
Boshqa maʼlumotlar
Aloqador avtomobillar Land Cruiser Prado

Tank 500 — xitoyning Great Wall avtomobil kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladigan premium segmentga kiruvchi katta oʻlchamdagi ramali yoʻltanlamas[2][3]. Avtomobil ilk bor 2021-yil Chengdu avtosalonida taqdim etilgan[4].

Bu model Yaponiyaning Toyota kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariluvchi "Land Cruiser Prado" modeli bilan raqobatlasha oladigan premium sinfiga kiruvchi katta uch qatorli krossoverdir. Avtomobilda dastlab, „Tank 600“ nomi berilgan edi, ammo Chengdu avtosalonidagi stendda avtomobil „Tank 500“ modeli sifatida taqdim etildi. Ishlab chiquvchilar bu nima bilan bogʻliqligiga aniqlik kiritmagan[5]. Shuningdek, kompaniya 2022-yil soʻngidan boshlab ushbu avtomobil bazasida „Shanhai Poer“ pikapini ishlab chiqarilishi boshladi[6].

Avtomobil saloni uch qatorli boʻlib, orindiqlar soni 7 tani tashkil qiladi. Top versiyadagi modelda 14,6 dyuymli sensorli ekran, virtual 12,3 dyuymli asboblar paneli, old o‘rindiqlarni elektroboshqaruvi, to‘rtta iqlim zonasi, ikkinchi qatorda esa 7 dyuymli ekranda harorat va havo oqimi sozlamalari aks ettirilgan axborot-ko‘ngilochar majmuasi mavjud. Panaramali tom ham mavjud. Old panelning markazida „Tank“ logotipi tushirilgan analog soat joylashtirlgan.

Ikkinchi qator oʻrindiqlarining suyanchigʻi egilish burchagi boʻyicha sozlanadi, uchinchi qator oʻrindiqlarining avtomatik tarzda yig'iladi. Orqa o'rindiqlarni yig'ish orqali tekis pol hosil boʻladi. Top versiyada ikki rangli teri bilan qoplangan o'rindiqlar, yogʻoch va alyuminiyli interyer, panoramali tom, „Yanfei Lishi“ (Infinity) „premium“ audiotizimi, matritsali LED faralar mavjud[7].

Texnik koʻrsatkichlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mashinaning bamperdan bampergacha uzunligi 5070 mm, kengligi 1934 mm, balandligi esa 1905 mm ni tashkil qiladi. Gʻildirak oʻlchami 265/60 R18. Avtomobil dvigateli benzin yoqilgʻisi uchun moʻljallangan 3 litrli V6 boʻlib, uning quvvati 354 ot kuchiga (500 Nm) teng. 9-pogʻonali avtomat qutisi bilan taʼminlangan[1]. Avtomobil klirensi 224 mm boʻlib, u 800 mm chuqurlikdan oʻta oladi[8].

Avtomobil xitoy bozorida sotilish narxi 335 000 yuandan boshlanadi. Eng yuqori komplektatsiya 395 000 yuan qilib belgilangan[9].

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 „TANK500 Specs“ (en). Qaraldi: 24-oktyabr.
  2. Maksim Levchenko. „Tank 500 2022 года: рамный внедорожник от нового бренда Танк (Great Wall). Цены и комплектации“ (ru). gt-news.ru. Qaraldi: 24-oktyabr.
  3. Игорь Владимирский. „Вместо «шестисотого» представлен внедорожник Tank 500“ (ru). autoreview.ru. Qaraldi: 24-oktyabr.
  4. [https://www.allcarz.ru/tank-500/ „Новый рамный внедорожник Tank 500: богатый салон и мотор V6 в базе Источник: https://www.allcarz.ru/tank-500/ @ allcarz.ru“] (ru). Qaraldi: 24-oktyabr.
  5. „Внедорожник Tank 500 2022 — солидный дизайн и новый бензиновый двигатель V6“ (ru). autovogdenie.ru. Qaraldi: 24-oktyabr.
  6. „Great Wall начал производство пикапа на базе Tank 500. Его будут поставлять за рубеж“ (ru). Qaraldi: 24-oktyabr.
  7. „Конкурент Land Cruiser от Great Wall удивил роскошным салоном и проходимостью“ (ru). motor.ru. Qaraldi: 24-oktyabr.
  8. „Конкурент Land Cruiser от Great Wall удивил роскошным салоном и проходимостью“ (ru). motor.ru. Qaraldi: 24-oktyabr.
  9. [https://www.allcarz.ru/tank-500/html „Новый рамный внедорожник Tank 500: богатый салон и мотор V6 в базе Источник: https://www.allcarz.ru/tank-500/ @ allcarz.ru“] (ru). Qaraldi: 24-oktyabr.[sayt ishlamaydi]