Svetlana Gerasimova
Svetlana Ivanovna Gerasimova (1951.2.2, Toshkent) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (2000). Toshkent pedagogika institutini tugatgan (1974). 1974-yildan Toshkent shahridagi 187-, 64-, 50-maktablarda rus tili va adabiyoti oʻqituvchisi, 50-maktab direktori oʻrinbosari, 1987-yildan direktori. Gerasimova gimnaziya uchun tayyorlangan alohida oʻquv metodik rejalari va boshlangʻich sinflar uchun tayyorlangan kun tartibi qoʻllanmalari muallifidir. Fizika, matematika, kimyo, biologiya yoʻnalishidagi maxsus rejalar ham uning bevosita rahbarligida ishlab chiqilgan. Gerasimova maktab moddiy texnika bazasini mustahkamlashda faol harakat qildi; maktabni pedagogik kadrlar bilan taʼminlash ishini yaxshi yoʻlga qoʻyish maqsdida pedagogika oʻquv yurtlari bilan uzviy aloqa oʻrnatgan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |