Kontent qismiga oʻtish

Suvora

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Suvora (fors. — otliq) — 1) Shashmaqomning Buzruk maqomi asosida yaratilgan kuy va ashulalar. S.ning ashula yoʻli oddiy 2/4 takt oʻlchovidagi doira usulida ijro etiladi. S.ning yana 3 xili (S.1, 2, 3) mashhur cholgʻu kuylaridir. S.1 Buxoro Irogʻidagi soqiynomanutt varianti boʻlib, unda "Zebo pari" avji tushirib qoldirilgan. Uning 2 va 3kismlari 6/8 va 3/4 oʻlchovlaridagi usullar joʻrligida ijro etiladi. 2 va 3 S.lar surnay yoʻllaridandir; 2) Xorazmda mashhur boʻlgan maqom ashula yoʻllari va mumtoz ashulalar turkumi. Maqomlarda asosiy shoʻʼbalardan keyin oʻrin olgan S.lar 13/4 oʻlchovidagi murakkab usullarga asoslangan. Shuningdek, oddiyroq (6/8, 3/4, 3/8) takt oʻlchovidagi (keksa ustozlar aytishicha — otning yoʻrgʻa yurishidan hosil boʻlgan ritmik tuzilmaga asoslangan) murakkab shaklli S. ashula yoʻllari ham xalq orasida keng tarqalgan. Ular 7 ta yirik ashula turkumlariga birlashgan boʻlib, har bittasida 2 tadan Savt va Ufarlar mavjud: "S." ("Tani" yoki "Ona S"), "Chapandozi S." ("Tojik S"), "Yakparda S", "Xushparda S", "Qajhang S", K. Otaniyozov yaratgan "VI—S." va H. Boltayev ijodiga mansub "Qorchmoniy S."lar. S.lar sheʼriy matnida koʻproq tasavvuf mavzuidagi muhammaslar qoʻllangan. Xorazmda xonandalarning ijodiy musobaqa (diyralishma)lari S. ijrosiga asoslangan. Polvon Duzchi, Sheroziy, H. Boltayev, K. Otaniyozov, J.Sultanov, R. Jumaniyozov, F. Davletov va boshqa Slarning moxir ijrochilaridir. S. yoʻllaridan M. Yusupov, A. Otajonov, S. Hayitboyev kabi kompozitorlar foydalanishgan.

  • Harratov M., Xorazm musiqiy tarixchasi (2 nashri), T., 1998; Matyoqub o v O., Maqomot, T., 2004.

Bopgir Mashyoqubov.