Suvga sakrash 2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida
Suvga sakrash XXXIII Olimpiada oʻyinlarida | |
---|---|
Arena | Parij suv sporti markazi |
Sanalar | 27-iyul – 10-avgust 2024 |
No. of events | 8 (4 erkak, 4 ayol) |
Ishtirokchilar | 136 ishtirokchi 32 davlatdan |
2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida suvga sakrash | ||
---|---|---|
![]() | ||
Saralash | ||
Yakkalik | ||
3 m tramplin | Erkaklar | Ayollar |
10 m platforma | Erkaklar | Ayollar |
Jamoaviy | ||
3 m tramplin | Erkaklar | Ayollar |
10 m lik platforma | Erkaklar | Ayollar |
2024-yil Parijda boʻlib oʻtgan yozgi Olimpiya oʻyinlarida suvga sakrash musobaqalari 2024-yilning 27-iyulidan 10-avgustiga qadar Parij suv sporti markazida oʻtkazilishi rejalashtirilgan[1][2]. Erkaklar va ayollar oʻrtasida teng taqsimlangan jami 136 nafar shoʻngʼuvchi Tokio 2020 bilan bir xil miqdorda ushbu oʻyinlarda sakkizta medallar uchun (har bir jinsga toʻrttadan individual va sinxron) kurash olib borgan[3].
Saralash
[tahrir | manbasini tahrirlash]Parij 2024 uchun erkaklar va ayollar oʻrtasida teng taqsimlangan 136 ta shoʻngʻuvchi kvotasi mavjud. MOQ tomonidan erkaklar va ayollar oʻrtasidagi individual musobaqalarda har birida koʻpi bilan ikkitadan, sinxronlashgan musobaqalarda esa jinsga asoslangan tarzda oʻn oltita vakilni (har bir jins uchun sakkiz) Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etishi uchun taqdim etishlari mumkin[4]. Oʻyinlarda qatnashish huquqiga ega boʻlish uchun barcha shoʻngʻuvchilar 2023-yil 31-dekabr yoki undan oldin 14 yoshga toʼlgan yoki undan kattaroq yoshda boʻlishi kerak. Ular Xalqaro suzish federatsiyasi tomonidan tasdiqlangan turli xalqaro uchrashuvlarda ishtirok etgan boʻlishi kerak[5][6].
Yakkalik musobaqalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Har bir individual tramplin va platformada shoʻngʻish musobaqalari (erkaklar va ayollar) uchun saralash oʻrinlari quyidagicha taqsimlangan[7]:
- 2023-yilgi Jahon chempionati – har bir alohida musobaqaning eng yaxshi oʻn ikki finalchisi Yaponiyaning Fukuoka shahrida 14-30-iyul kunlari boʻlib oʻtgan suv sporti boʻyicha 2023-yilgi Jahon chempionatida oʻz Olimpiya qoʻmitasi uchun kvota olgan.
- Qitʼa saralash turnirlari – har bir alohida musobaqa gʻoliblari Xalqaro suzish federatsiyasi tomonidan tasdiqlangan beshta qitʼa uchrashuvlaridan birida (Afrika, Amerika, Osiyo, Yevropa va Okeaniya) oʻz Olimpiya qoʻmitasi uchun kvota olgan.
- 2024-yilgi jahon chempionati – saralash huquqiga ega boʻlgan oʻn ikkita eng yuqori reytingli gʻavvoslar 2-18-fevral kunlari Dohada (Qatarda) boʻlib oʻtgan suv sporti boʻyicha 2024-yilgi Jahon chempionatida har bir alohida musobaqada oʻz Olimpiya qoʻmitasi uchun kvota olganlar. Bunda mamlakat umumiy kvotasi 136 dan oshmasligi kerak.
- Qayta taqsimlash – Qoʻshimcha oʻrinlar 2024-yilgi suv sporti boʻyicha Jahon chempionatida oʻzlarining tegishli individual musobaqalarida oʻn uchinchi va undan yuqori oʻrinlarni egallagan munosib gʻavvoslar umumiy kvota 136 taga yetgunga qadar Olimpiadaga qoʻshilish huquqiga ega boʻlgan.
- Mezbon davlat – Mezbon mamlakat sifatida Fransiya har bir alohida shoʻngʻish musobaqalarida taqsimlangan toʻrtta erkak va toʻrtta ayollar oʻrinlarini oʻzida saqlab qolgan.
Sinxronlashgan musobaqalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Har bir sinxron shoʻngʻish musobaqasida MOQdan sakkizta jamoa qatnashadi, ular quyidagicha saralangan[8]:
- 3: Yaponiyaning Fukuoka shahrida 14-30-iyul kunlari boʻlib oʻtgan suv sporti boʻyicha 2023-yilgi jahon chempionatida kuchli uchlik (yoki medal sohibi) juftliklari.
- 4: 2-18-fevral kunlari Qatar poytaxti Doha shahrida boʻlib oʻtgan suv sporti boʻyicha 2024-yilgi jahon chempionatida saralash uchun kurashayotgan kuchli toʻrtta juftlik.
- 1: mezbon Fransiya uchun ajratilgan
Musobaqa jadvali
[tahrir | manbasini tahrirlash]D | Dastlabki bosqich | ½ | Yarim final | F | Final |
Bahslar↓ / Kun→ | 27-iyul | 29-iyul | 31-iyul | 2-avgust | 5-avgust | 6-avgust | 7-avgust | 8-avgust | 9-avgust | 10-avgust | ||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Erkaklar bahslari | ||||||||||||
Erkaklar oʻrtasida 3 metrlik tramplindan sakrash | P | ½ | F | |||||||||
Erkaklar oʻrtasida 10 metrlik platformadan sakrash | P | ½ | F | |||||||||
Erkaklar oʻrtasida sinxron usulda 3 metrlik tramplindan sakrash | F | |||||||||||
Erkaklar oʻrtasida sinxron usulda 10 metrlik platformadan sakrash | F | |||||||||||
Ayollar bahslari | ||||||||||||
Ayollar oʻrtasida 3 metrlik tramplindan sakrash | P | ½ | F | |||||||||
Ayollar oʻrtasida 10 metrlik platformadan sakrash | P | ½ | F | |||||||||
Ayollar oʻrtasida sinxron usulda 3 metrlik tramplindan sakrash | F | |||||||||||
Ayollar oʻrtasida sinxron usulda 10 metrlik platformadan sakrash | F |
Qatnashuvchi mamlakatlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]32 MOQdan 136 nafar gʻavvos saralashdan oʻtgan.
Avstraliya (9)
Avstriya (1)
Braziliya (2)
Kanada (5)
Xitoy (10)
Kolumbiya (3)
Kuba (2)
Dominikana Respublikasi (3)
Misr (4)
Fransiya (9) Mezbon
Germaniya (9)
Buyuk Britaniya (11)
Irlandiya (2)
Italiya (8)
Yamayka (1)
Yaponiya (5)
Latviya (1)
Malayziya (2)
Meksika (9)
Niderlandiya (1)
Yangi Zelandiya (1)
Shimoliy Koreya (3)
Norvegiya (1)
Polsha (1)
Puerto Riko (1)
Janubiy Afrika (1)
Janubiy Koreya (6)
Ispaniya (4)
Shvetsiya (1)
Ukraina (9)
AQSh (11)
Oʻzbekiston (1)
Natijalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Medallar jadvali
[tahrir | manbasini tahrirlash]* Mezbon davlat (Fransiya)
Oʻrin | MOQ | Oltin | Kumush | Bronza | Umumiy |
---|---|---|---|---|---|
1 | ![]() | 8 | 2 | 1 | 11 |
2 | ![]() | 0 | 1 | 4 | 5 |
3 | ![]() | 0 | 1 | 1 | 2 |
![]() | 0 | 1 | 1 | 2 | |
5 | ![]() | 0 | 1 | 0 | 1 |
![]() | 0 | 1 | 0 | 1 | |
![]() | 0 | 1 | 0 | 1 | |
8 | ![]() | 0 | 0 | 1 | 1 |
Jami (8 davlat) | 8 | 8 | 8 | 24 |
Erkaklar bahslari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bahs | Oltin | Kumush | Bronza |
---|---|---|---|
3 m tramplin |
Xie Siyi![]() |
Wang Zongyuan![]() |
Osmar Olvera![]() |
10 m platforma |
Cao Yuan![]() |
Rikuto Tamai![]() |
Noah Williams![]() |
Sinxron usulda 3 metrlik tramplindan sakrash |
![]() Wang Zongyuan Long Daoyi |
![]() Juan Celaya Osmar Olvera |
![]() Anthony Harding Jack Laugher |
Sinxron usulda 10 metrlik platformadan sakrash |
![]() Yang Hao Lian Junjie |
![]() Tom Daley Noah Williams |
![]() Rylan Wiens Nathan Zsombor-Murray |
Ayollar bahslari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bahs | Oltin | Kumush | Bronza |
---|---|---|---|
3 m tramplin |
Chen Yiwen![]() |
Maddison Keeney![]() |
Chang Yani![]() |
10 m platforma |
Quan Hongchan![]() |
Chen Yuxi![]() |
Kim Mi-rae![]() |
Sinxron usulda 3 metrlik tramplindan sakrash |
![]() Chen Yiven Chang Yani |
![]() Sarah Bacon Kassidy Cook |
![]() Yasmin Harper Scarlett Mew Jensen |
Sinxron usulda 10 metrlik platformadan sakrash |
![]() Chen Yuxi Quan Hongchan |
![]() Kim Mi-rae Jo Jin-mi |
![]() Andrea Spendolini-Sirieix Lois Toulson |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Paris 2024 – Diving“. Paris 2024. 2021-yil 23-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 3-yanvar.
- ↑ Iannaconi, Emily. „Diving at the 2024 Paris Olympic Games“. NBC Olympics (2022-yil 14-sentyabr). 2023-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 3-yanvar.
- ↑ Meng, Lingcheng. „How to qualify for diving at Paris 2024. The Olympics qualification system explained“. International Olympic Committee (2022-yil 3-sentyabr). 2023-yil 24-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 3-yanvar.
- ↑ Meng, Lingcheng. „How to qualify for diving at Paris 2024. The Olympics qualification system explained“. International Olympic Committee (2022-yil 3-sentyabr). 2023-yil 24-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 3-yanvar.
- ↑ „Paris 2024 – Diving Info“. World Aquatics (2022-yil 5-aprel). 2022-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 3-yanvar.
- ↑ „Qualification System – Games of the XXXIII Olympiad – Diving“. World Aquatics. 2022-yil 19-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 3-yanvar.
- ↑ „Paris 2024 – Diving Info“. World Aquatics (2022-yil 5-aprel). 2022-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 3-yanvar.
- ↑ „Paris 2024 – Diving Info“. World Aquatics (2022-yil 5-aprel). 2022-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 3-yanvar.
- ↑ „Paris 2024 Olympic Competition Schedule – Diving“ (PDF). Paris 2024 30–31. 2022-yil 1-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-yanvar.