Suvaysh
Qiyofa
Suvaysh | |
---|---|
29°58′0″N 32°32′0″E / 29.96667°N 32.53333°E | |
|
Suvaysh — Misrdagi shahar, Suvaysh muhofazasining maʼmuriy markazi. Aholisi 417,6 ming kishi (1990-yillar oxiri). Suvaysh kanalidan Kizil dengizga chiqish joyidagi port. Xalqaro ahamiyatga ega savdotranzit markazi. Neft kimyosi va neftni kayta ishlash, sement, oziqovqat sanoatlari, kemasozlik va kema taʼmirlash korxonalari bor. Hozirgi S. yaqinida mil. av. 2-asrda Nil daryosini Qizil dengiz bilan bogʻlovchi kema qatnaydigan kanal kurilgan. Qadimda S. (yun. Klizma) savdo markazi sifatida mashhur boʻlgan. S.ning rivojlanishi 1869-yildan Suvaysh kanali kurilishi bilan jadallashdi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |