Kontent qismiga oʻtish

Suporish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Suporish (fors. — topshiriq, havola) — oʻzbek va tojik mumtoz ashula va cholgʻu yoʻllari, ayniqsa, maqom turkumlarining tushirim qismi. Shashmaqomda S shoʻʼbalar turkumining ijro etilishida ularning birini ikkinchisiga (mas, Saraxbor shoʻʼbalaridan — talqinlarga, talqinlardan — nasrlarga) uzviy bogʻlash vazifasini ham oʻtaydi. Baʼzan yirik shoʻʼbaning tugallovchi (xotima) qismi sifatida kelgan S. tarona ham deyiladi. Slarda doira usuli oʻzidan keyin keladigan shoʻʼbalar usulida boʻladi. S.ning yana bir turi har bir maqom birinchi guruh shoʻʼbalari turkumining tugallovchi qismi boʻlib, odatda, Saraxborlarning boshlangʻich kichik boʻlagiga asoslanadi.