Sunʼiy yoʻldosh
Sunʼiy yoʻldosh — biror osmon jismi atrofida orbita boʻylab harakatlanadigan kosmik apparat. Dunyoda birinchi marta SSSRda Yer sunʼiy yoʻdsoshi (YESI) (1957), Quyosh (1959), Oy (1966), Venera (1975) sunʼiy yoʻldoshlari, AQShda Mars sunʼiy yoʻldoshlari (1971) uchirilgan. YESYning minimal uchish balandligi 140-150 km, maksimal uchish balandligi bir necha yuz ming km. Orbita boʻylab aylanish davri 1,5 soatdan bir necha sutkagacha. Ekvator tekisligi yaqinidagi orbitada turuvchi YESY ekvatorial; Yer qutblari yaqinidan oʻtuvchi orbitadagi YESY kutbiy; aylanma ekvatorial orbitaga chiqarilgan, Yer sirtidan 35800 km ga uzoqlashtirilgan va Yer aylanishi yoʻnalishi boʻyicha harakatlanib, Yer aylanish yoʻnalishiga mos keluvchi YESI (Yer sirtidagi biror nuqtasida qoʻzgʻalmasdek boʻlib tuyuladi) statsionar deb ataladi. YESY ning asosiy turi orbital kosmik kema hisoblanadi va orbital st-yadan taʼminlanadi.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vikiomborda Sunʼiy yoʻldosh haqida turkum mavjud |
- Sunʼiy yoʻldosh Curlie katalogida (ingl.)
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |