Sultonbek Xoʻjanov
Sultonbek Xoʻjanovich Xoʻjanov (1894, hozirgi Janubiy Qozogʻiston viloyatining Turkiston tumanidagi Aksumbe ovuli — 1938.10.2) — davlat va jamoat arbobi. Toshkentda qozoq tilida nashr etilgan "Birlik tugʻi" gaz.ning muharriri (1917). Sirdaryo viloyati inqilobiy qoʻmitasi raisi (1920), Turkiston ASSR ichki ishlar (1920—21), maorif (1921—22), yer ishlari (1923—24) xalq komissari, Turkiston ASSR MIK raisi oʻrinbosari (1924).
RKP(b) Qozogʻiston oʻlka komiteta kotibi va Markaz VKP(b) MKda milliy respublikalar va viloyatlar boʻyicha masʼul xodim (1925). Xoʻjanov milliy masalada "ogʻmachilik"ka yoʻl qoʻygan deb ayblangan va unga "xoʻjanovchilik" tamgʻasi bosilgan. Xoʻjanov keyinchalik Toshkentda VKP(b) MK Oʻrta Osiyo byurosi tashviqot-targʻibot boʻlimida ishladi (1928—29), Oʻrta Osiyo paxtachilikirrigatsiya politexnika instituti birinchi rektori (1929—31), "Oʻrta Osiyo paxtachilik markazi" boshqarmasi raisi (1931—32); Moskvada "Soyuzxlopok" boshqarmasi raisining oʻrinbosari (193233), SSSR IshchiDehqon nazorati xalq komissarligida paxtachilik boʻlimi boshligʻining oʻrinbosari (1933—34); SSSR Yer ishlari xalq komissarligining Oʻrta Osiyodagi (Toshkent) vakolatxonasi raisi (1934), Oʻzbekiston paxtachilik tresti direktorining oʻrinbosari (1934).
Xoʻjanov matbuot, maorif va madaniyat, tarix va adabiyot masalalari bilan ham faol shugʻullangan. U "aksilinqilobiy qozoq millatchilik tashkiloti"ning rahbarlaridan biri sifatida ayblanib, 1937-yil 16 iyunda qamoqqa olingan va otishga hukm qilingan (1938-yil 8 fevral). 1957-yilda oklangan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |