Kontent qismiga oʻtish

Sulton Mirhaydar Pochchi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sulton Mirhaydar Pochchi – Yassaviylik tariqatining koʻzga koʻrinarli vakillaridan biri boʻlib, uning asl toʻliq ismi Amir Xoja Shamsiddin Mirhaydar Ali Xoja Haydar Xurosoniydir. U hijriy 673-yil, milodiy 1275-yilda Xurosonda, Shoʻrdaryo boʻyidagi Qoyim (Qayn) shahrida Jamoliddin Shayx ismli madrasa mudarrisi xonadonida 4-farzand sifatida tavallud topgan. Xoja Shamsiddin Mirhaydar 4 yoshida maktabga borgan, besh yoshida alifbo va yozuvni oʻrgangan, toʻqqiz yoshida Qurʼonni yod olgan. U keyinchalik Makka va Madinada Misrda, Quddusda yashab, ilm olgan. Tahsillar natijasida Xoja Shamsiddin Mirhaydar,, faqih olim'' darajasiga yetishgan. Injil, Tavrot, Zabur, Quronni mukammal yod olgan. Arabiy Forsiy, yahudiy, turkiy tillarda soʻzlashish oʻqish va yozishni bilgan. Xoʻja Shamsiddin 30 yoshida Balxdan Qunduzga, soʻng Chorjoʻyga kelgan. Bu yerda u zodni Xubbi Xoja, Hasan Xoja va Polvoni Ahmad kutib olgan. Ular Sulton Xoja Shamsiddin Mirhaydarni Xorazmga yassaviya tariqatining piri komillaridan biri Hakim ota- Sulaymon Bokirgʻoniy huzuriga Olib borishgan. Bu yerda Xoja Shamsiddin qirq kun xatmi Quron bilan mashgʻul boʻlgan. Bir yildan soʻng, yani 31 yoshida Sulton Xoja Shamsiddin Mirhaydar Buxoroga yoʻl olgan. U zod Buxoroda fikrimizcha Qorakoʻlda ham muayyan muddat yashagandan soʻng Kasbiga koʻchib ketsada, uning hayoti Qorakoʻl va xususan Mirobariq qishlogʻi bilan bogʻliq boʻlgan. Sulton Xoja Shamsiddin Mirhaydarning jufti halolaridan biri qishloq keksalarining fikricha shu qishloqdan boʻlgan va bu nikohdan Shoxmirzo ismli oʻgʻil tugʻilgan. Shoxmirzo ham uch nafar oʻgʻil koʻrgan. Ulardan Qorakoʻl va Olotning ayrim qishloqlarida, Buxoro shahri atroflarida yashavchi bugungi kunda Mirhaydariy deb atalgan xoʻjalar tarqalgan. Sulton Mirhaydar tomonidan 1938-yilda qurdirilgan Mirobarik qishlogʻidagi mahobatli masjid va xonaqoh buzilgan paytda ularning 635yil oldin yani 1303yil atrofidagi Sulton Mirhaydar tomonidan yozuv chiqganligini qishloq keksalari eslashardi. Bir – ikki yillik tafovutni inobatga olmaganda, manbalardagi va inshootlardagi Sulton Mirhaydarning hayotiga oid maʼlumotlar mos keladi.

Sulton Mirhaydar oʻz oxirgi maskan tutgan Kasbiyda hijriy 766, yoxud milodiy 1366-yilda 92 yoshida vafot etgan. Qabr toshida uning nasl nasabi quyidagicha tasvirlangan: ,, Amir Shamsiddin Haydar amirul kabirul karim ibn Jamoliddin ibn Shamsiddin amir ul- kabr Haydar al- Husayn Nasafiy ibn amir Ahmad ibn Said amir Husayn ibn amir Abdulloh ibn amir Jaafar ibn Ibrohim Murtazo i bn amir Muso al- Kozim ibn amir Imom Jafar Sodiq ibn Imom Bokir ibn imom zayn ul- obidin ibn Imom Husayn ibn Hazrati Ali Murtazo roziallohu taalo(ramazon oyi 766 hijriy)

Mirhaydar Pochcho Qurdirgan masjid va xonaqoh shu bilan birga qabristonga uzotning nomlari berilgan. Qabriston Buxoro viloyati Qorakul tumanidagi Dargʻali QFYdagi Mirobariq qishlogʻi chegarasida joylashgan. Qabristonga Mirhaydar pochcho nomi berilgan. Qabriston maydoni 1.4 gektar.