Sulton Ibrohim jome masjidi
Masjid | |
Sulton Ibrohim jome masjidi | |
Mamlakat | Malayziya |
Johor | Muar shahri |
Koordinatalar | 2°02′47″N 102°33′30″E / 2.046468°N 102.558267°E |
Yoʻnalishi | sunniy |
Masjid turi | Masjid |
Minoralar soni | 1 |
Minoralar soni | 1 |
Sulton Ibrohim jome masjidi Vikiomborda |
Sulton Ibrohim jome masjidi (malaycha: Masjid Jamek Sultan Ibrahim) – Malayziyaning Johor sultonligi, Muar shahrida joylashgan tarixiy masjid. Bino Muar daryosiga yaqin joyda bunyod etilgan[1].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Muar shahrida joylashgan ilk jome masjidi 1887-yilda qurib bitkazilgan. 1920-yillarda Muar shahri uchun yangi jome masjidi qurish masalasini koʻrib chiqish uchun qoʻmita tuzilgan. Mablagʻ yigʻish boʻyicha jamiyat tomonidan berilgan taklifdan soʻng, yangi masjid qurilishiga mas’ul qoʻmita ushbu masjid qurilishi uchun 10 000 ringgit toʻplaydi. Shundan soʻng qoʻmita qurilish uchun sulton roziligini olgan.
1925-yilda Sulton Ibrohim jome masjidini qurish ishlari boshlangan. Oradan besh yil oʻtgach, 1930-yilda ushbu masjid binosi qurib bitkazilgan va Dato Mustafo bin Jaafar tomonidan rasman ochib berilgan.
Arxitekturasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sulton Ibrohim jome masjidi Gʻarb va Yaqin Sharq meʼmorchilik uslublari taʼsirida bunyod etilgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Masjid Jamek Sultan Ibrahim“. 2019-yil 13-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 15-dekabr.