Kontent qismiga oʻtish

Sulfatlar (mineral)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sulfatlar, tabiiy sulfatlar — sulfat kislotasining tabiiy tuzlaridan iborat minerallar sinfi. 190 ga yaqin minerali bor; ammo barqaror va keng tarkalgan S. soni Yer pustila nisbatan kam (angidrit, barit, gips, selestin, alunit, mirabilit va boshqalar). S. massasi boʻyicha Yer poʻstining 0,1%ni tashkil qiladi. Kimyoviy jihatdan S. oddiy suvsiz tuzlardan yoki koʻp qismi oddiy va kristallangan suvli yoki qoʻshimcha anionli qoʻshaloq tuzlardan iborat. Oddiy tuzlar uchun ularning umumlashgan formulasi Am[SO4]pZqxH2O va qoʻshaloqtuzlar uchun AmBJSOJpZqxH2O, bunda A va V — kationlar, Z — esa qoʻshimcha anionlar (YUN], SG, [SO3]2, RO43’). Muxim turlarni yuzaga keltiruvchi kationlar S.da: Gʻe (ayniqsa, Gʻe3Q), NaQ, KQ, Cu2Q, Mg2Q, Al3Q, Ca2Q, Pb2Q, Ba2Q. S.ning asosiy struktura birligi — tetraedr [SO4]2~. S. kimyoviy xom ashyo, baʼzan metall rudasi. [SOJ2~ anionlari doim boshqa kationlar va anionlar bilan ajralgan holda boʻladi, shuning uchun S. orasida orolli struktura koʻproq boʻladi. S. strukturasi boʻyicha orolli, xalqali, zanjirli, qatlamli va boshqa S.ning kristallari izometrik gabitusga ega. Rangi ionxromoforlarga, mineral qoʻshimchalar va strukturalar nuqsoniga bogʻliq. S.ning zichligi 1,5—6,9 g/sm³, suvda tez eruvchan. Qattiqligi kam, 3,5 dan oshmaydi. Deyarli barcha S. katta suv havzalaridagi sedimentogenezda va gipergenez zonalarida xrsil boʻladi. S. gidrotermal konlarda barit, baʼzan suvsiz S. — angidrit, selestin va anglezit holida uchraydi. Koʻplab S. mas, gips, broshantit, yarozit, kuporoslar vulkanlarning solfatar harakatlarida (mas, alunit) sulfid konlarining oksidlanish zonasida hosil boʻladi; baʼzi kam uchraydigan S. (mas, xalkopirit) fumarol harakatlar natijasida paydo boʻladi. S. kimyo sanoatida metallar (Va, Sr, R,A1) olish uchun xom ashyo sifatida; burgʻilashda — gilli eritmani (barit) ogʻirlashtirishda; rezina, qogʻoz, lokboʻyoq, shakar sanoatida; oyna va keramika ishlab chiqarish.da; qurilish ishlarida sement (gips va angidrit) tayyorlashda, farmatsevtika, charm, toʻqimachiliqda keng qoʻllanadi. Baʼzi Sdan kaliy oʻgʻitlari olishda foydalaniladi. Oʻzbekistonda gips va angidritning Xoʻjakoʻl (Qoraqalpogʻiston), Shargʻun (Surxondaryo viloyati), Qamishboshi (Fargʻona viloyati), Qoʻngʻirtog (Samarqand viloyati) va mirabilitning Tumruq (Qoraqalpogʻiston) konlari mavjud.