Kontent qismiga oʻtish

Sulaymon Soylu

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sulaymon soylu

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sulaymon Soylu (1969-yil 21-noyabrda tugʻilgan, Istanbul) — turk siyosatchisi, hozirgi Turkiya Respublikasi ichki ishlar vaziri. 2015-2016 yillarda "Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri" lavozimida ishlagan. "Adolat va taraqqiyot partiyasi"ga kirishdan oldin 2008-2009-yillarda "Demokratik partiya" raisi lavozimida ishlagan. Turkiyada 2015-yil iyun oyida boʻlib oʻtgan umumiy saylovda "Adolat va Taraqqiyot partiyasi"ga ilk bor parlamentga Trabzon deputati sifatida kirdi. Efkan Ala 2016-yil 31- avgustda iste'foga chiqqanidan so'ng Ichki ishlar vaziri etib tayinlandi.

Hayoti va faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sulaymon Soylu 1969-yil 21-noyabrda Istanbulda tugʻilgan.Soylu, Trabzonning Of tumanidagi Chamli qishlog'idan. Boshlangʻich va oʻrta taʼlimni Istanbulning Gazi Osmanpasha shahrida tugatgan. Plevne litseyida ta'limni boshlab, so'ngra Qoradengiz texnika universitetida, Istanbul universitetidavom ettirdi.Professional faoliyatini 1990-yilda Istanbul fond birjasi brokerlik firmalarida boshlagan.Tijoriy hayotini 1989-yilda sinfdoshlari bilan hamkorlikda tashkil etgan shirkat bilan boshlagan Soylu, 1995-yilda asos solgan oʻz kompaniyasi bilan siyosiy hayotidan tashqari hali ham tijorat hayotini davom ettirmoqda.

Siyosiy martabasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Siyosatga kirishi. Siyosiy faoliyatini ilk bor 1987-yilda boshlagan Soylu, "Demokratik Partiya" va "Adolat partiyasi" yoʻnalishida oilaviy anʼanasini davom ettirdi va oʻng markazchi “Haqiqiy yoʻl” partiyasining "Yoshlar" boʻlimida ish boshladi. 1987-1990-yillarda “Haqiqiy yoʻl” partiyasi Istanbul viloyat tashkiloti Yoshlar boʻlimi kengashi aʼzosi va tashkilot rahbari lavozimlarida ishlagan. 1995-yilda “Haqiqiy yo‘l” partiyasining Gazi Osmanpasha tuman tashkiloti boshqaruv kengashiga saylangan. 1995-yil 17-iyulda yuqorida tilga olingan tuman tashkiloti rahbari etib tayinlangan Soylu 25 yoshida Turkiyaning eng yosh tuman prezidenti unvonini oldi.U 1999-yil 29-aprelda Istanbul viloyati raisi boʻldi va 2002-yilgi umumiy saylovlar oldidan deputatlikka nomzod boʻlgunga qadar bu lavozimni egalladi.