Sudet togʻlari
Sudet togʻlari — Gʻarbiy Yevropadagi togʻlar. Shim.gʻarbdan jan.sharqqa 310 km ga choʻzilgan. Boʻylama tektonik soyliklar orqali ajralgan ayrim tizma va massivlardan iborat. Shim.sharqdan Chexiya massivini oʻrab turatsi. Eng baland joyi 1602 m (Snejka choʻqqisi). Asosan, granit, gneys, qumtosh, slanetslardan tuzilgan. Tog tepalari yassi, yon bagʻirlari tik. Yuqori mintaqada alp tipli relyef shakllari, morenali koʻllar uchraydi. Sudet togʻlaridan Elba, Odra, Morava daryolari boshlanadi. Iqlimi moʻʼtadil, yanvar
ning oʻrtacha temperaturasi —4°, —7°, iyulniki 8—14°. Yillik yogʻin 700–1400 mm. Togʻ yon bagʻirlari oʻrmon va butazorlar bilan qoplangan, togʻ tepalarida oʻtloq va torfli yerlar koʻp. Balneologik kurortlar bor. Turizm rivojlangan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |