Sudan Airways
Sudan Airways — Sudanning milliy yoʻlovchi tashuvchisi va Arab havo tashuvchilar tashkiloti aʼzosi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Aviakompaniya 1947-yilda Sudan temir yoʻllari tomonidan mamlakatning temir yoʻl infratuzilmasi mavjud boʻlmagan hududlarida transport xizmatlarini tashkil etish uchun tashkil etilgan.
Sudan Airways Afrikadagi havo yoʻllari kompaniyasi hisoblanadi. Sudandagi 2011-yilgi voqealardan soʻng Sudan davlati katta boʻlgan sanksiyalarga duchor boʻldi, Gʻarb davlatlari va Amerika Qoʻshma Shtatlari tamonidan kiritilgan sanksiyalar Sudan Airways aviakompaniyasini ham chetlab oʻtmadi. 2012-yildan beri Sudan Airways Sudan hukumatiga tegishli. Shu sababli aviakompaniya AQSh sanksiyalari ostida qolgan[1][2].
Sudan hukumati 8 ta yangi Airbus samolyotini sotib olishni rejalashtirmoqda[3].
Galereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hodisalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]2003-yil 8-iyulda Sudan Airways aviakompaniyasining SD139 reysi boʻyicha Boeing 737 samolyoti havoga koʻtarilganidan taxminan 15 daqiqa oʻtib halokatga uchradi. Halokatda barcha 117 yoʻlovchi va ekipaj aʼzolari halok boʻldi. Bu holat Sudan davlati tarixida qora kunlar hisoblanadi.
2007-yil 30-mart kuni aviakompaniya samolyoti Xartumga qoʻnishidan bir yarim soat oldin oʻgʻirlab ketilgan. Layner Liviya poytaxti Tripolidan uchgan. Xartumga qoʻngach, samolyotni oʻgʻirlagan shaxs Sudan razvedka xizmatlari tomonidan qoʻlga olingan[4] edi. sudan mamlakatida nisbatan hayot tarzining notinchligi Sudan Airlines xizmatlarigacha taʼsir koʻrsatadi.
2008-yil 10-iyun kuni Sudan Airways aviakompaniyasining Airbus A310-324 samolyoti qoʻnish vaqtida uchish-qoʻnish yoʻlagidan chiqib ketdi va yonib ketdi, natijada 30 kishi halok boʻldi[5].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „РСМД :: Обзор международной санкционной политики (ноябрь 2019)“. 2020-yil 30-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 30-yanvar.
- ↑ Rossiya podderjala snyatie odnostoronnix sanksiy s Sudana
- ↑ „Nationalairline: Sudan Airways will acht Airbus-Jets kaufen | aeroTELEGRAPH“. 2020-yil 30-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 30-yanvar.
- ↑ „Terrorist zaxvatil samolyot Sudan Airways“[sayt ishlamaydi]Andoza:Недоступная ссылка RBK, 30.03.2007
- ↑ „ASN Aircraft accident Airbus A310-324 ST-ATN Khartoum-Civil Airport (KRT)“. 2019-yil 29-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 30-yanvar.