Stol tennisi oʻyin uslublari
Stol tennisi raketka bilan oʻynaladigan sport turlari orasida boshqa sport turlariga qaraganda oʻziga xosligi bilan ajralib turadi, chunki bu sport turida oʻyinchilar bir qancha oʻyin uslublarida oʻyin olib borishadi va shuning uchun ham stol tennisi sport turi koʻp qirrali ekanligi bilan oʻziga xosdir. Sportchilarning oʻyin darajalari oshib borgani sayin ularning oʻyin uslublari xilma-xilligi kamayib boraveradi, bunga sabab esa texnik jihatdan oʻyinchilarning zaif uslublari ham oʻyin davomida tezda yoʻqolib boraveradi, ammo hatto eng katta xalqaro darajadagi stol tennisi oʻyinlarida ham juda koʻplab bir-biriga oʻxshamagan oʻyin uslublarini kashf etish mumkin. Masalan, stol tennischilarining oʻyin uslublari xilma-xilligi kuzatilishi jihatidan 2021-yil stol tennisi tarixidagi eng mashhur yil hisoblanadi. Stol tennisida hujumkor oʻyin uslublari boshqalariga qaraganda ustunlik qiladi. Biroq himoyaviy oʻyin uslublari ham ham hujumkor uslubdan ustun kelishi mumkin. Bu esa oʻyinchilarning oʻyin darajalariga bogʻliq.
Ushbu maqolada xalqaro musobaqalarda eng keng tarqalgan stol tennisi oʻyin uslublari haqida bayon qilinadi. Deyarli barcha stol tennischilar oʻz oʻyin darajalari va uslublaridan kelib chiqan holda bu stereotiplarga oʻzlarining maxsus usullarini qoʻshgan holda boshqa bir qancha uslublarning kombinatsiyasiga ega hisoblanishadi.
Raketka ushlash usullari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Dunyo boʻylab raqobatbardosh stol tennischilari raketkani turli xil usullar bilan ushlaydilar[1][2]. Oʻyinchilarning raketkalarni ushlash usullarini ikkita asosiy guruhga boʻlish mumkin:
1. Penhold;
2. Shakehand.
Hozirgacha raketka uhlash uslublari boʻyicha koʻplab oʻzgarishlar mavjud boʻlib, Xalqaro stol tennisi federatsiyasining (ITTF) stol tennisi qonunlari raketka ushlash usullarini belgilamaydi[3].
Penhold usuli
[tahrir | manbasini tahrirlash]Penhold usuli xuddi qalam ushlash usuliga oʻxshashligi uchun ham shunday nomlangan (inglizcha: pen — qalam, hold — ushlamoq). Soʻnggi yillarda raketkani bu koʻrinishda ushlash uslubi oʻyinchilarning chap tomondan kuchsizroq oʻyin koʻrsatishi kuzatilmoqda. Bu kamchilik penhold uslubida endigina sprtga qadam qoʻyuvchi tennischilar uchun shakehand uslubidagi oʻyinchilarga qarshi oʻyin olib borishda koʻrinadi. Biroq bu penhold uslubida oʻyin olib boruvchi dunyoga mashhur eng yaxshi oʻyinchilarning Jahon chempionatlari, Jahon kubogi va Olimpiya oʻyinlarida muntazam ravishda gʻalaba qozonishlariga toʻsqinlik qilmaydi, chunki chap tomonning zaifligi oʻrnini mukammal oyoq harakati yetarli darajada bosadi yoki penhold uslubida chap tomondan oʻyin olib borish uchun qoʻlni orqa tomondan aylantirib zarba berish yoʻli bilan ham bu kamchilikni toʻldirish mumkin.
Shakehand usuli
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shakehand uslubi stol tennisi oʻyinlarida raketkani ushlash usullari orasida saqlanib qolgan eng qadimgi uslublardan hisoblanadi. Bu usul raketka uchki bosh qismiga koʻrsatkich barmogʻining perpendikulyar shaklda choʻzilishiga oʻxshaydi. Ushbu uslub oʻng va chap tomondan oʻyin olib borishda energiyaning deyarli bir xilda teng taqsimlanishiga imkon beradi, ammo ular orasida kengroq oʻtish nuqtasi mavjud. Forehand (oʻng) va backhand (chap) tomonlar oʻrtasidagi bu kesishish nuqtasi oʻyinchilarning eng zaif sohasi hisoblanadi.
Deyarli barcha Yevropa va osiyolik oʻyinchilarning taxminan uchdan ikki qismi bu tutqichdan foydalanishadi.
Gʻayrioddiy raketka ushlash usullari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Stol tennischilarning aksariyat qismi yuqoridagi ikkita uslubdan birida oʻyin olib borishsa-da, yuqori darajadagi sport oʻyinlarida boshqacha koʻrinishdagi, oʻz samaradorligini hali isbotlamagan va juda kam uchraydigan raketkani gʻayrioddiy va qiziqarli ushlash uslubalari mavjud.
- ; V-usuli
- Ushbu uslub Xitoyda ishlab chiqilayotgan eksperimental usul boʻlib, u „gʻalaba uchun V“ (V for victory) belgisini hosil qiladi, raketka tutqichi koʻrsatkich va oʻrta barmoq oʻrtasida, boshqa barmoqlar tutqichning ostida va tepa qismida ushlab turiladi. Muvaffaqiyatli ushlash uchun oʻzgartirilgan pichoqni talab qiladi. Ushbu tutqich oldingi va orqa qoʻlda qoʻllaniladigan uzunroq tutqich va mexanizmlar tufayli sezilarli aylanish foyda keltiradi (xuddi tennisda Gʻarbiy tutqichda topilganlar kabi).
- ; Seemiller tutqichi
- Stol tennisi boʻyicha amerikalik chempion Den Seemiller tomonidan ishlab chiqilgan va ommalashtirilgan raketka ushlash uslubi. Seemiller uslubida koʻrsatkich barmogʻining uchi raketkaning backhand tarafi chetiga yetib boradi (yoki boshqa Amerika chempioni Erik Boggan usuli boʻyicha, raketka chetini oʻrab oladi). Bu usul oʻyinchilariga aylanma qoʻl harakatlari, bilaklarni tezlikda aylantirish imkonini beradi. Shu bilan birga, raketkaning qarama-qarshi tomonini ishlatib, shunga qaramay, backhand zarbasini berishni qiyinlashtiradi. Buning oʻrniga Seemiller uslubidagi oʻyinchilar.
Penhold usullari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Looper (ilmoq usuli)
[tahrir | manbasini tahrirlash]Penholdning ilmoq usulida oʻyin olib boruvchilar oʻzlarining asosiy zarbalari sifatida oldingi aylanma halqadan foydalanadilar. Ushbu turdagi oʻyinchilar, odatda, stolning koʻp qismini va hatto butun qismini qoplab olish uchun forehand zarbalarini amalga oshirishga harakat qilib, ajoyib oyoq harakatlarini namoyish etadilar. Chap qoʻlda oʻyin olib boruvchi ilmoq usulidan foydalanuvchi oʻyinchilar bilan solishtirganda, raketkani penhold usulida ushlovchi va ilmoq usulidan foydalanuvchi oʻyinchilar, asosan, stola yaqin masofada oʻyin olib boradilar va kuchli halqa almashinuvi paytida ham stolga yaqin turishga harakat qilishadi
Penhold loopers usulida 1981-1983-yilgi jahon chempioni Guo Yuexua, 1988-yilgi Olimpiada oltin medali sovrindori Yo Nam-kyu, 1992-yilgi Olimpiada erkaklar juftlik oʻyinlari oltin medali sovrindori Lü Lin, 1992-yilgi Olimpiada bronza medali sovrindori Kim Taek-soo, 2001-2003-yilgi jahon chempionati erkaklar juftlik bahslari gʻolibi Yan Sen, 2004-yilgi Olimpiada oʻyinlari oltin medali sohibi Ryu Seung-min, 2008-yilgi Olimpiada oʻyinlari oltin medali sohibi Ma Lin, 2009-yilgi jahon chempioni Wang Hao, 2015-yilgi erkaklar va aralash juftlik oʻyinlari gʻolibi Xu Xin kabi koʻplab mashhur stol tennischilar oʻyin olib borishgan.
Counter driver
[tahrir | manbasini tahrirlash]Stol tennisida stolga yaqin masofada turib oʻyin olib borishda penhold usulining afzalligini toʻliq kuzatish mumkin. Oʻyinchilar stolga yaqin turib, counter driver usulini qoʻllashadi va raqibning yuqori aylanishlariga stol boʻylab toʻpga tezlikda javob qaytarishadi yoki qarama qarshi forehand zarbalari bilan raqiblarining hujumlarini qaytarib tashlashga harakat qilishadi. Agar raqib himoyaviy uslubda oʻyin olib boruvchi oʻyinchi boʻlsa yoki topspin va oʻyin olib borish qiyinchilik tugʻdiradigan zarbalar bermasa, counter driver usuli odatda himoyakor forehand zarbasiga ega boʻladi.
2000-yilgi Osiyo chempioni Chiang Peng Lung va janubiy koreyalik oʻyinchi Mun Xyon Jung kabi oʻyinchilar mashhur penhold counter driver usulida oʻyin olib boruvchi oʻyinchilar hisoblanishadi.
Short pips hitter (qisqa pips zarbasi)
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu anʼanaviy penhold uslubida raketkaning bir yoki ikkala tomonida qisqa kauchukdan foydalaniladi. Qisqa pipsli zarba beruvchi oʻyinchilar stol ustida oʻyin olib borishadi va toʻp stoldan sakragan zahoti qisqa pips zarbasi bilan raqiblari tomonidan berilgan zarbalarga javob qaytarishadi. Ushbu tajovuzkor hujum orqali oʻyinning dastlabki bir necha toʻp uzatishlaridayoq osongina ochko yutib olishi mumkin, ammo topspin Magnus effektining yoʻqligi sababli baʼzan hujumlarning samarasiz boʻlishiga ham sabab boʻlishi mumkin.
1996-yilgi Olimpiada chempioni Liu Guoliang, 1985 va 1987-yillardagi jahon chempioni Jiang Jialiang, uch karra olimpiachi Toshio Tasaki, Yang Ying, Kwak Bang-bang, Seok Eun-mi, He Zhi Wen, Lee Eun-hee, Wang Zeng Yi va Rory Cargill kabi mashur stol tennischilar penhold uslubining qisqa pips zarbalariga ega sportchilar hisoblanishgan.
Shakehand uslublari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Looper
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shakehand looper uslubi oʻyin davomida raqibga kuchli bosim oʻtkazishi bilan mashhur va birinchi navbatda forehand zarbasiga qaraganda tez va kuchliroq aylantiruvchi zarbalar bilan oʻyinchilarga koʻroq ochko olib keladi. Birinchi hujum amalga oshirilgandan soʻng, looper uslubida uzatilgan toʻpning tezligi va aylanish kuchiga qarab turli xil uslubdagi zarbalar bilan hujumga oʻtadilar, stol atrofida raqiblarini manevr qiladilar va ochiq hujumga oʻtadilar. Shakehandli looper usulida uzatilgan toʻp hatto raqib stoliga tushgandan keyin ham qayta orqaga qaytib kelish kuchiga ega, bu esa raqib tomonidan qaytarilgan toʻpga tezlik bilan oʻta yuqori kuchli zarba berish va ochko olish ehtimolini kuchaytiradi.
Mashhur looperlar orasida Vladimir Samsonov, Jan-Mishel Saive, Werner Shlager, Wang Liqin, Ma Long, Fan Zhendong, Chjan Jike, Ding Ning kabi kuchli stol tennischilar bor.
Har tomonlama hujumchi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Har ikkala tomondan ham hujumkor oʻyin uslubida oʻynovchi stol tennischilarda yuqori effektga ega chap taraf backhand zarbasini ular uchun oʻyin davomida birinchi boʻlib hujumga oʻtish imkoniyatini yanada oshiradi va hujum qilinishi mumkin boʻlgan burchaklar sonini oshiradi. Stolning turli burchaklaridan turib hujumga oʻtish usuli oʻyin davomida oʻyinchilarni forehand yoki backhand tomondan hujum qilishlarini chalkashtirib yuborishi mumkin boʻlsa-da, aksariyat oʻyinchilar aynan kuchliroq effektga ega boʻlgan forehand zarbalaridan foydalanishni afzal koʻrishadi. Har tomonlama hujumkor uslubda oʻynovchi tennischilar oʻyini looper uslubidagi oʻyinchilarnikidan unchalik farq qilmaydi.
Counter driver
[tahrir | manbasini tahrirlash]Chap qoʻlli counter driver oʻyinchilari oʻyin davomida raqiblari uchun turli hujumlarni toʻsib qoʻyishadi yoki berilgan zarbalarga qarama-qarshi bosim orqali toʻpni raqibga qaytarishadi, toʻp uzatiladigan stol burchaklari va ritmni, yaʼni toʻpning aylanish traektoriyasini oʻzgartirib yuborish orqali raqibni xato qilishga majbur qilishadi. Counter driverlar orasidagi bir qator tezkor drivelar va bloklar juda kuchli taʼsirga egadek va toʻp turli joyda uchib ketadigandekkoʻrinishi mumkin. Ushbu usul, asosan, ayol oʻyinchilar orasida mashhur hisoblanadi, chunki erkaklarga qaraganda ayollarning nisbatan zaifroq zarbalarini drive usuli orqali blok qilish osonroq kechadi. Mashhur stol tennischilar orasida koʻp karra Olimpiya chempioni Chjan Yining, Fukuhara Ai, Tie Yana va He Zhuojia kabi bir qator nomdor tennischilar bor.
Hujumkor chopper (kesish)
[tahrir | manbasini tahrirlash]Stol tennisidagi eng oʻziga xos uslublardan biri bu hujumkor kesish uslubidir. Stol tennisida deyarli barcha oʻyin uslublari hujumkor oʻyin olib borishga va tashabbusni qoʻlga olishga harakat qilishsa, chopper tashabbusdan voz kechib, hujumga himoyaviy uslubda javob qaytarishga va toʻpni raqibga kesib uzatish usulidan foydalanishadi, bu esa raqibni hujumni qaytadan boshlashga majbur qiladi. Himoyaviy chopper usuli ularga beriladigan takroriy hujumlarga sekin, „suzib yuruvchi“ zarbalar bilan javob qaytaradi va iloji boricha toʻpga stoldan uzoqroq va nisbatan kechroq javob qaytarishga harakat qiladi, stol orqasida turib muntazam ravishda kesib qaytarilgan toʻp uzatmalari odatdagidan koʻproq vaqt oladi va shu orqali ular raqiblarini koʻproq charchatishga majbur qilishadi. Chopperlar teskari aylanuvchi toʻp uzatmalarining miqdori, yon tomondan toʻpni kesib uzatish (stolga egilish yoki raqibdan uzoqlashish) yoki oʻyin pozitsiyalari bilan boshqa uslubdagi oʻyinchilardan farq qilishlari mumkin, bu esa raqib uchun odatiy va doimiy hujumga oʻtishni qiyinlashtiradi. Agar raqib hujumga oʻtishni davom ettirish oʻrniga himoyaga oʻtib olsa, unda hujumchi chopperlar kutilmaganda oʻyinni qoʻlga olish maqsadida himoyaviy kesish uslubidan raqibga qarama-qarshi hujumkor zarba berishi yoʻliga oʻtib olishlari mumkin. Odatda teskari aylanishli toʻp uzatishlari forehand tomonidan amalga oshirilsa, oʻyin olib borishni yengillashtiradigan backhand tomoni uzoq yoki qisqa pips uzatmalarini amalga oshirish uchun xizmat qiladi. Baʼzi oʻyinchilar oʻng tomondan amalga oshiriladigan pips uzatmalar uchun raketkaning himoyaviy tarafini tezlik bilan teskari aylantirib oladilar.
Jahon miqyosida tanilgan chopperlar orasida Koji Matsushita, Svetlana Ganina, Irina Kotikhina va Viktoria Pavlovich kabi nomdor oʻyinchilar mavjud, lekin chopperlarning baʼzilari, jumladan, Chen Weixing (Chen vaqti-vaqti bilan hujum qilish uchun backhand zarbalaridan foydalanadi), Joo Sae-Hyuk, Ding Song, Kim Kyung-ah, Park Mi-young va Tan Paey Fernkabi oʻyinchilar oʻzlarining oʻyin uslublarini yanada osonlashtirish maqsadida himoyaviy oʻyin uslubidan tezkor hujumga oʻtib olishadi. Stol tennisida juda kam sonli oʻyinchilar har ikkala tomondan ham himoyaviy usulda oʻyin olib borishni tanlaydilar, bunday kam sonli tennischilarga Vang Tingtingni misol keltirishimiz mumkin.
Chopper (himoyachi) va hujumchi oʻrtasidagi oʻyin, odatda, stol tennisi bilan professional tarzda shugʻullanmaydiganlar uchun toʻpning oʻyin davomidagi sekinligi va uni kesib uzatish usuli sababli oson tuyilishi mumkin, ammo haqiqiy stol tennischilar bu ikki oʻyin uslubiga ega oʻyinchilar oʻrtasidagi bahslar oson kechmasligini juda yaxshi tushunishadi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Yuza N., Sasaoka K., Nishioka N., Matsui Y., Yamanaka N. et al. (1992.) Game Analysis of Table Tennis in Top Japanese Players of Different Playing Styles. Int. J. of Table Tennis Scis. 1:79-89.
- ↑ Drianovski Y. and Otcheva G. (1998.) Survey of the game styles of some of the best Asian players at the 12th World University Table Tennis Championships (Sofia, 1998). International Table Tennis Federation (ITTF).
- ↑ „ITTF Handbook 2021“. International Table Tennis Federation (ITTF). Qaraldi: 2021-yil 8-avgust.