Kontent qismiga oʻtish

Starter

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Starter (ing. starter — ishga tushirish) — 1) ichki yonuv dvigatelinp yurgizib yuborish uchun moʻljallangan moslama yoki agregat. Energiya manbaiga koʻra, elektr, pnevmatik, gidravlik va boshqa, ish prinsipiga qarab, inersion, toʻgʻri ishlaydigan va kombinatsion S.larga, ishlatish vositasiga qarab, elektr turbinali, pnevmatik, gidravlik va benzinli S.larga boʻlinadi. Avtotraktor dvigatellari elektr S. bilan, samolyot dvigatellari esa pnevmatik, elektr S. bilan yurgizib yuboriladi. Inersion S.da maxovik aylantirilib, bunda toʻplangan energiya asosiy dvigatel valini (S. valining asosiy dvigatel valiga tishlashtirish yoʻli bilan) buradi. Toʻgʻri ishlaydigan S. asosiy dvigatel valini bevosita aylantiradi. Elektr S. (rayemga q.) elektr dvigatel, reduktor, dvigatelning asosiy vali bilan tishlashadigan va ajratadigan moslamadan iborat; aylanish tezligi katta (13000 aylGʻmin gacha) boʻladi. Turbinali S.da turbinadan dvigatel sifatida foydalaniladi; quvvati 110—300 kVt (150—400 o.k.)ga teng. Gidravlik va pnevmatik S, odatda, nasos yoki kompressorlardan iborat; 2) yorugʻlik texnikasida lyuminessent lampalarni yondiradigan qurilma.