Kontent qismiga oʻtish

Spontan nurlanish

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Spontan nurlanish (lotincha: spontaneus – erkin) – atom, molekula va boshqa kvant tizimlarining oʻz-oʻzidan elektromagnit toʻlqinlar nurlanishi; ular uygʻongan yuqori energetik holatdan quyi energetik holatlarga oʻz-oʻzidan oʻtishi jarayonida vujudga keladi. Xususan, atomlarning uygʻongan holatdagi soni ye marta kamayguncha oʻtgan vaqt uygʻongan holatning yashash vaqti deb ataladi va u 10^8 – 10~9 s oraliqda boʻladi.

Spontan nurlanish chastotasi tizimning i- va k- darajalari energiyalari farqi bilan aniqlanadi:

Majburiy nurlanishlardan farqli ravishda, spontan nurlanish kvant tizimga taʼsir etayotgan tashqi elektromagnit nurlanishga bogʻliq boʻlmaydi. Yorugʻlik manbalarining koʻpchiligi, masalan, issiqlik taʼsirida choʻgʻlangan lampa spontan nurlatgich hisoblanadi. Spontan nurlanishda turli yoʻnalishdagi tebranishlar bir-birini juda tez va tartibsiz ravishda almashtirib turadi. Shu sababli spontan nurlanish monoxromatik, kogerent va qutblangan boʻlmaydi.