Spidvey
Qiyofa
Spidvey (ing. speed — tezlik va way — yoʻl) — mototsikl sporti turi, trekda, shuningdek, stadionning.yaxmalak yoʻlkasida mototsikl bilan poyga oʻtkazish. Bu sport turi 20-asr boshlarida Avstraliya va Janubiy Afrikada vujudga keddi. Musobaqalar 500 sm³ klassli mototsikllarda 280–400 m uzunlikdagi trassalarda oʻtkaziladi. S. boʻyicha jahon chempionati: shaxsiy hisobda 1934-yildan, jamoa hisobida 1960-yildan, juftliklar oʻrtasida 1970-yildan, yaxmalakda 1966-yildan, tuproq yotqizilgan treqsa (1000 m li masofa) 1971-yildan tashkil qilib kelinadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |