SpaceX CRS-17
COSPAR ID | Andoza:Cospar |
---|---|
SATCAT no. | Andoza:Wd |
SpaceX CRS-17 (shuningdek, SpX-17 nomi bilan ham tanilgan) NASA bilan Commercial Resupply Services (CRS) shartnomasi doirasida Xalqaro Kosmik Stantsiyasini taʼminlash dasturida SpaceXning Dragon avtomatik yuk fazo kemasining oʻn yettinchi parvozidir.
Ilgari SpaceX CRS-12 missiyasida foydalanilgan kosmik kemaning qayta parvozi[1].
Parvoz
[tahrir | manbasini tahrirlash]2019-yil 3-maydagi parvozga urinish qoʻnish platformasini elektr taʼminoti bilan bogʻliq texnik nosozliklar va parvoz majmuasining yer usti uskunasida geliy oqishi tufayli toʻxtatildi[2].
Tashqi videofayllar | |
---|---|
Parvoz vebkasti YouTubeda |
Kema parvozi Kanaveral burnidagi SLC-40 parvoz majmuasidan Falcon 9 raketa tashuvchisi yordamida 2019-yil 4-may kuni UTC soat 06:48 da boʻlib oʻtdi[3][4].
Yaqinlashishi va tutashtirilishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Uchrashuv ikki sutkalik sxema boʻyicha oʻtkazildi[5]. 6-may kuni soat 11:01 UTC da XKS-59 bort muhandisi va Kanada kosmik agentligi astronavti David Saint-Jacques (talaffuzi: Devid Sen-Jak) NASA astronavtlari Tyler Nicklaus „Nick“ Hague (talaffuzi: Nik Xeyg) va Christina Cock (talaffuzi: Kristina Kuk) koʻmagida Kanadarm2 mexanik manipulyatori bilan yuk kemasini ushlab oldi[6]. Tutashuv Harmony modulining nadir qismida joylashgan Yagona tatashtirish mexanizmining faol uzeliga amalga oshirildi[7].
Foydali yuk
[tahrir | manbasini tahrirlash]DragonXalqaro Kosmik Stantsiyaga 2482 kg foydali yuk yetkazdi.
1517 kg germetik boʻlinmada (qadoqlar bilan birga), shu jumladan[1]:
- Ekipaj uchun oziq ovqat va buyumlar — 338 kg
- Ilmiy tadqiqot uchun materiallar — 726 kg
- Ochiq kosmosga chiqish uchun uskunalar — 10 kg
- Stansiyaning jihozlari va qismlari — 357 kg
- Kompyuterlar va aksessuarlar — 75 kg
- Rossiya yuki — 11 kg
Tirik sichqonlar ham stansiyaga yetkazilgan va xuddi shu kema orqali Yerga stansiyadagilari qaytarilgan. JAXA eksperimenti doirasida kema stansiyada boʻlgan vaqtida 6 ta sichqon Oyning tortishish kuchi sharoitida boʻlgan (dunyoda birinchi marta).[8]
Umumiy massasi 965 kg boʻlgan yuk XKSga nogermetik konteynerda yetkazildi:
- OCO-3 (Orbiting Carbon Observatory-3) atmosferadagi karbonat angidrid kontsentratsiyasi darajasini va kun davomida bu darajadagi oʻzgarishlarni global oʻlchash uchun asbobdir; XKS tashqarisida, yapon Kibo modulining tashqi eksperimental platformasida joylashtiriladi.
- STP-H6 (Kosmik test dasturi-Xyuston 6) modulyatsiyalangan rentgen nurlari yordamida aloqa texnologiyasining namoyishi.
Fotogalereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 „SpaceX CRS-17 Mission Overview“ (en). NASA. 2019-yil 4-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 2-may.
- ↑ „Standing down today due to an electrical issue on the Of Course I Still Love You droneship. Teams will also address the ground side helium leak before tomorrow's backup launch opportunity at 2:48 a.m. EDT, 6:48 UTC.“ (en). Twitter. SpaceX (2019-yil 3-may).
- ↑ „SpaceX launches space station resupply mission, lands rocket on drone ship“ (en). Spaceflight Now (2019-yil 4-may). 2019-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 8-may.
- ↑ Joe Latrell. „May the 4th be with you: SpaceX CRS-17 Dragon launches to ISS“. Space Flight Insider (2019-yil 4-may). 2019-yil 4-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 4-may.
- ↑ Tariq Malik. „SpaceX Dragon Delivers NASA Cargo to Space Station“ (en). Space (2019-yil 6-may). 2019-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 6-may.
- ↑ „Dragon пристыковался к МКС“. ТАСС. 2019-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 6-may.
- ↑ „World's first long-term habitation of mice on the International Space Station in a gravitational environment simulating the Moon! -- A first step toward expanding human activities into deep space.“ (en). JAXA (2019-yil 1-iyul). 2019-yil 18-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 18-iyul.
SpaceX | ||||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Transport |
| |||||||||||||||
Yuritgichlar | ||||||||||||||||
Missiyalar | ||||||||||||||||
Parvoz maydonlari | ||||||||||||||||
Qoʻnish maydonlari | ||||||||||||||||
Kontraktlar | ||||||||||||||||
Dasturlar | ||||||||||||||||
Kishilar |
| |||||||||||||||
Kursiv bilan parvoz qilmagan apparatlar va kelajakdagi missiyalar belgilangan. † belgisi bilan omadsiz missiyalar, yoʻq qilingan apparatlar va tark etilgan maydonlar belgilangan. |