Soyibjon Neʼmatov
Neʼmatov Soyibjon Sodiqovich (1941. 16.4 Andijon) — kimyogar olim. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (1994), texnika fanlari doktori (1980), professor (1984), Toshkent politexnika institutini tugatgan (1965). Toshkent avtomobil yullari institutida kafedra mudiri (1972— 78), Oʻzbekiston Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri oʻrinbosari (1978— 85), Toshkent politexnika instituti "Kompozitsiyey materiallar" ilmiy tadqiqot boʻlimi mudiri (1985), "Kompozit" ilmiy-texnika markazi bosh di-rektori (1990—92), "Fan va taraqqiyot" ilmiy-texnologiya kompleksi raisi (1992-yildan). Asosiy ilmiy ishlari qattiq jismlar mexanokimyosi, mod-dalarning radioaktivlik, magnit maydoni, elektr quvvati taʼsirida ishqalanishini kamaytirish, tebranish quvvatini yutish, energiya va moddiy resurslarni tejashga imkon beradigan texnologiyalarni kashf etishga oid. Uning rahbarligida polimer mate-riallar va sanoat chiqindilari asosida samarali antifriksion, yeyilishga va yemirishga bardoshli, tebranishga chidamli kompozitsion materiallarolinib, mashinasozlik, qurilish, qishloq xoʻjaligi va boshqa sohalarda qoʻllangan. "Mehnat shuhrati" ordeni bilan mukofotlangan (2000).
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Adgezionnie i prochnostnie svoystva polimernix materialov i pokritiy na ix osnove, T., 1979; Osnovi sozdaniya polimernix kompozitov, FRG, SSHA, Yaponiya, T., 1986; Kompozitsionnie materiali na osnove neorganicheskix i organicheskix veshestv, T., 1994.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |