Kontent qismiga oʻtish

Soviet Central Asia

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Soviet Central Asia: The Failed Transformation
Muallif(lar) William Fierman (muharrir)
Til inglizcha
Janr(lar)i tarix
antropologiya
Nashriyot „Westview Press“
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 1991
Sahifalar soni 328
ISBN ISBN 0-8133-7907-5

„Soviet Central Asia: The Failed Transformation“ („Sovet Oʻrta Osiyosi: Muvaffaqiyatsiz transformatsiya“) — William Fierman muharrirligi ostida chop etilgan kitob. 1991-yil AQShning Boulder shahrida hamda Buyuk Britaniyaning Oxford shahrida „Westview Press“ nashriyotida chop etilgan. Kitob Qozogʻiston SSR, Turkmaniston SSR, Oʻzbekiston SSR, Tojikiston SSR hamda Qirgʻiziston SSR siyosati, ijtimoiy aloqalari, madaniyati va iqtisodiyotiga bagʻishlangan oʻn esse majmuasidir. Asar kirish soʻzini Teresa Rakowska-Harmstone yozgan. Shuningdek, muharrir Fierman ham kirish soʻzini hamda xulosa boʻlimini yozgan.

Kitobda Sovet Ittofoqi markaziy hukumatining Oʻrta Osiyo xalqlarini assimilatsiya qilishga qaratilgan koʻp qirrali urinishlariga qaramay, muvaffaqiyatsizlikka uchragani haqida soʻz yuritiladi. Toʻplamda SSSR mintaqada olib borgan siyosati va uning samaralari tahlil qilingan. Kitobga kiritilgan esse mualliflari Sovet Ittifoqi parchalanib ketishi arafasida mintaqa duchor boʻlgan muammolarni yuksak mahorat bilan bayon va tahlil qilgan.

Boʻlim Esse Tarjimasi Muallif
The Setting (Sahna) The Soviet "transformation" of Central Asia Oʻrta Osiyoning sovet „transformatsiyasi“ William Fierman
Central Asia's cotton economy and its costs Oʻrta Osiyoning paxta iqtisodiyoti va uning narxi Boris Z. Rumer
Implications of ethnic and demographic trends Etnik va demografik tendensiyalarning oqibatlari Nancy Lubin
Politics (Siyosat) Power and politics in Soviet Uzbekistan: from Stalin to Gorbachev Sovet Oʻzbekistonidagi hokimiyat va siyosat: Stalindan Gorbachyovgacha Donald S. Carlisle
Prelude to "independence": how the Uzbek Party apparatus broke Moscow's grip on elite recruitment „Mustaqillik“ka tayyorgarlik: Oʻzbekiston partiyasi apparati elitalarni yollash boʻyicha Moskva jilovini uzgani James Critchlow
Identitiy and Religion (Oʻzlik va din) Ethnic attitudes and relations in modern Uzbek cities Hozirgi Oʻzbekiston shaharlaridagi etnik qarashlar va munosabatlar Ronald Wixman
Islam and atheism: dynamic tension in Soviet Central Asia Islom va ateizm: Sovet Oʻrta Osiyosidagi dinamik tanglik Azade-Ayse Rorlich
Forging a Soviet people: ethnolinguistics in Central Asia Sovet xalqini yaratish: Oʻrta Osiyoda etnolingvistika Isabelle Kreindler
Socioeconomic issues (Ijtimoiy-iqtisodiy masalalar) Women and society in Central Asia Oʻrta Osiyoda ayollar va jamiyat Matha Brill Olcott
Central Asian youth and migration Oʻrta Osiyo yoshlari va migratsiya William Fierman