Solomon Orollari
Solomon Orollari Solomon Islands
| |
---|---|
Shior: To lead is to serve Inglizcha: Keltirish uchun xizmat qilmoq | |
Madhiya: God Save Our Solomon Islands | |
Poytaxt | Xoniara |
Rasmiy til(lar) | Ingliz |
Hukumat | Hamdoʻstlik |
• Rohib |
Yelizaveta II |
Ser Nathaniel Waena | |
Manasseh Sogavare | |
Mustaqillik (Birlashgan Qirolligidan) | |
• Sana |
7-iyul 1978 |
Maydon | |
• Butun |
28,450 km2 (144-oʻrin) |
• Suv (%) |
3.2 |
Aholi | |
• 2002-yilgi roʻyxat |
538,032 (165-oʻrin) |
• Zichlik | 18/km2 |
YIM (XQT) | 2005-yil roʻyxati |
• Butun |
AQSh$800 mil. (198-oʻrin) |
• Jon boshiga |
AQSh$1,487 |
Pul birligi | Solomon Islands Dollar (SBD) |
Vaqt mintaqasi | UTC+11 |
• Yoz (DST) |
UTC+11 |
Qisqartma | BP |
Telefon prefiksi | 677 |
Internet domeni | .sb |
|
Solomon orollari (Solomon Islands) — Tinch okeanning janubi-gʻarbiy qismida joylashgan davlat. Solomon orollarining janubi-sharqiy qismini va yaqin atrofdagi SantaKrus va boshqa orollarni oʻz ichiga oladi. Maydoni 28,45 ming km². Aholisi 495 ming kishi (2002). Poytaxti — Xoniara shahri Maʼmuriy jihatdan 4 okrugga bulinadi.
Davlat tuzumi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Solomon Orollari — Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik tarkibiga kiruvchi mustaqil davlat. Amaldagi konstitutsiyasi 1978-yil 7-iyulda qabul qilingan. Davlat boshligʻi Buyuk Britaniya qirolichasi boʻlib, uning nomidan general-gubernator ish yuritadi, u mamlakat parlamentining tavsiyasi bilan 5 yil muddatga Solomon Orollari fukarolari orasidan tayinlanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Milliy parlament, ijrochi hokimiyatni bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi.
Tabiati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Solomon Orollarining aksari qismi vulkan otilishi natijasida hosil boʻlgan. Eng baland joyi 2743 m (Bugenvil orolda). Soʻnmagan vulkanlar, issiq buloqlar bor. Boksit, nikel, fosforit, oltin, mis konlari topilgan. Iklimi subekvatorial, juda sernam. Oʻrtacha oylik temperatura 26—28°. Yillik yogʻin 2300–7500 mm. Daryolari kiska va sersuv. Orollarning koʻp qismi doim yashil oʻrmon bilan qoplangan (palma, fikus va boshqalar). Qurgʻoqchil joylarda savannalar, soxillarda manfolar oʻsadi. Hayvonlardan kalamush, koʻrshapalak, timsoh, kaltakesak, ilon, bahaybat qurbaqalar, qushlardan kabutar, toʻtiqush va boshqa yashaydi.
Aholisining koʻpchiligi (93%) melaneziya irqiga mansub boʻlgan, avstronez va papuas tillarida soʻzlashuvchi xalqlardan iborat, qolganlari polineziyaliklar. Ular yirik orollar sohili boʻyidagi kichik qishloqlarda yashaydi. Shahar aholisi 18%. Rasmiy til — ingliz tili. Dindorlarning aksariyati xristianlar.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Solomon Orollariga kariyb 6 ming yil avval Papua-Yangi Gvineyadan qabilalar koʻchib borib oʻrnashgan. 1568-yil ispan dengiz sayyohi A. Mendanya de Neyra mahalliy aholidan oltinni almashtirib olganida orollarni "Solomonning oltin mamlakati"ga qiyos qilgan va orollarni shu nom bilan atash odat boʻlib qolgan. 1885-yil orollar Germaniyaga tobe boʻlib qoldi, 1893-yil orollarning deyarli hammasi Buyuk Britaniyaga topshirildi. Birinchi jahon urushidan keyin Bugenvil va Buka orollarini boshqarish uchun Avstraliyaga mandat berildi, janubiy orollar ingliz protektorata boʻlib qolaverdi. Ikkinchi jahon urushi vaqtida orollarda Yaponiya va Amerika qoʻshinlari oʻrtasida janglar boʻlib oʻtdi. Urushdan keyin milliy mustaqillik uchun harakat kuchaydi. 1976-yil mamlakatga ichki oʻzini oʻzi boshqarish huquqi berildi, 1978-yil orollar mustaqillikka erishdi. Solomon Orollari 1978-yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 7-iyul — MustaqilliX kuni (1978).
Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Solomon Orollari leyboristlar partiyasi, 1988-yil tuzilgan; Solomon Orollari liberal partiyasi, 1976-yil asos solingan; Xalq ittifoqchi partiyasi, 1979-yil tashkil etilgan; Solomon Orollari milliy harakati partiyasi, 1993-yil tuzilgan; Taraqqiyparvar xalq partiyasi. SO. kasaba uyushmalari kengashi, 1986-yil tuzilgan.
Xoʻjaligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Iqtisodiyotining asosini qishloq xoʻjaligi. tashkil etadi, aholining aksariyati shu sohada band. Tropik dehqonchilik ustun. Koʻp miqdorda kokos palmasi oʻstiriladi, uning mevasidan kopra (magʻiz) va kokos moyi olinadi. Kakao, ziravorlar, banan, ananas, sholi, yams, taro, yer yongʻoq, tamaki va boshqa yetishtiriladi. Choʻchqa, kramol, parranda boqiladi. Oʻrmonlarda qimmatbaho nav yogʻoch tayyorlanadi. Baliq ovlash rivojlangan. Sanoati kichikroq yogʻochsozlik, mebel, oziqovqat (yogʻ, konserva, tamaki), jut, koʻnchilik korxonalaridan iborat. Asbest, sovun, sintetik gazlama ishlab chiqariladi. Yogʻoch oʻymakorligi, boʻyra, savat toʻqish, qayiq, sadaf buyumlar yasash hunarmandchiligi mavjud. Keyingi yillarda sayyoxdik rivojlanmoqda. Yuklarning koʻp qismi dengiz orqali tashiladi. Avtomobil yoʻllari uzunligi 1330 km. Asosiy dengiz porti va xalqaro aerogyurti — Xoniara. Chetga kokos magʻizi, palma moyi, yogʻoch, kakao, muzlatilgan baliq chiqaradi. Chetdan oziqovqat, yoqilgʻi, mashina, kimyoviy mol va boshqa oladi. Avstraliya, Yaponiya, Koreya Respublikasi, Buyuk Britaniya bilan savdo qiladi. Pul birligi — Solomon Orollari dollari.
7 yoshdan 15 yoshgacha boʻlgan bolalarning taʼlim olishi majburiy. Boshlangʻich maktabda oʻqish muddati 7 yil, oʻrta maktabda 5 yil. Darslar ingliz tilida olib boriladi. Davlat maktablari bilan bir qatorda xususiy diniy maktablar ham bor. Xoniara shahrida universitet markazi (1970), pedagogika kolleji (1958), texnika instituti (1969) mavjud. Xoniara shahrida Milliy kutubxona (1974), Milliy muzey, Botanika bogʻi va Madaniy markaz faoliyat koʻrsatadi.
Mahalliy tilda "Agrikalsa nius", "Solomon nius" jurnalilari, ingliz tilida "Solomon voys", "Solomon star" haftanomalari nashr etiladi. 1976-yilda S.O. radioeshittirish xizmati tashkil etilgan. 1996-yildan telekoʻrsatuvlar berib boriladi.
Solomon Orollari — Tinch okeanida joylashgan mingga yaqin oroldan iborat davlat. Poytaxti — Xoniara. Hududi — 28370 km². Aholisi — 567438 kishi. Rasmiy tili — Ingliz. Pul birligi — solomon orollari dollari.
Geografik joylashuvi va tabiati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tinch okeanining janubiy qismida Solomon orollarida (Gvadalkanal, Nyu-Jorjiya, Malayta, Santa-Izabel, Santa-Krus orollari va boshqa) joylashgan davlat. Ko’pchilik orollarning reylefi tog’li: Marjon atolllarida tekisliklar bor. Asosiy tabiiy resurslari: baliq, yog’och, oltin, qo’rg’oshin, sink, nikel, fosforitlar.
Iqlimi – uzoq davomli namlik mavsumi va issiq. Orollarning katta qismi noyob daraxt turlari mavjud bo’lgan o’rmonlar bilan qoplangan. Nisbatan quruq yerlarda savannalar, qirg’oq bo’ylarida mangro o’simliklari bor. Orollarning hayvonat dunyosi ancha kambag’al: xaltalilar, ko’rshapalaklar va kemiruvchilar uchraydi.
Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Davlat tuzilishi — konstitusion monarxiya. Mamlakat 7 ta okrugga boʻlingan. Solomon Orollari 1978-yil 7-iyulda mustaqil davlat boʻlgan (ilgari — Buyuk Britaniyaning protektorati edi). Davlat boshligʻi — Britaniya monarxi (hozida qirolicha Yelizavet II), ijroiya hokimiyati premyer-ministrga tegishli. Qonunchilik Milliy parlament tomonidan amalgam oshiriladi. Siyosiy partiyalari: Solomon Orollari birlashgan partiyasi, Solomon Orollari liberal partiyasi, Solomon Orollari leyboristlar partiya si, Solomon Orollari milliy harakati partiyasi.
Tinch okeanining janubiy gʻarbiy qismidagi Melaneziyada joylashgan shu nomli arxipelagida 992 orollarni band etgan bu davlat xam oʻzini ximoya qila olmaydi. Shuningdek lozim boʻlganda qaysi davlat ximoyasiga tayanishini xam eʼlon qilmagan.[1]
Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Iqtisodiyotining asosini qishloq xo’jaligi, baliqchilik va o’rmonchilik (YIMning 70%i) tashkil etadi. Asosiy eksport qilinadigan mahsulotlari – baliq, yog’och, kopra, palma yog’i. Sanoat mahsulotlarining katta qismi va neft mahsulotlarini chetdan keltiradi. 2006-yil YIM miqdori 835 mln dollarni (aholi jon boshiga – 1471 dollar) tashkil etgan. Asosiy savdo hamkorlari – Yaponiya, Buyuk Britaniya, AQSh, Tailand. Temiryo’llari yo’q, avtomobil yo’llarining umumiy uzunligi – 1300 km. PortI – Xoniara.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Solomon Orollari 1658-yili ispan dengizchisi Mendonya de Neyra tomonidan kashf qilingan. Orollarning shimoliy qismi 1885-yili Germaniya protektorati deb e’lon qilingan. 1889-yili Germaniya Buvangil va Buka orollaridan boshqa hamma orollarni Buyuk Britaniyaga berdi. Buning evaziga inglizlar Germaniyaning G’arbiy Samoani bosib olish huquqini tan olishdi. 1914-yili Buvangil va Buka Avstraliya qo’shinlari tomonidan bosib olindi va 1920-yili Avstraliya boshqaruvi ostiga o’tdi. Ikkinchi jahon urushida orollarning bir qismi yapon qo’shinlari tomonidan bosib olindi, Ikkinchi jahon urushidan keyin Solomon Orollari yana Buyuk Britaniya protektoratiga aylandi. 1978-yili Solomon Orollarining mustaqilligi e’lon qilindi va Britan hamdo’stligi davlatlari safiga kirdi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Abdulatif Atxamov. ARMIYASIZ DAVLATLAR, 2013-10-29da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-10-23
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |