Sofie Junge Pedersen
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Sofie Junge Pedersen[1] | ||
Tavallud sanasi | 24-aprel 1992-yil | ||
Tavallud joyi | Aarhus, Daniya | ||
Boʻyi | 1.76 m | ||
Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Juventus | ||
Raqami | 14 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
1999—2006 | BMI | ||
2007—2009 | IK Skovbakken | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2009—2011 | IK Skovbakken | ||
2012—2015 | Fortuna Hjørring | ||
2015—2017 | FC Rosengård | 6 | (0) |
2017—2018 | Levante UD | 24 | (1) |
2018 | Vittsjö GIK | 11 | (1) |
2019 | Juventus | 56 | (12) |
Milliy terma jamoa‡ | |||
2007 | Daniya U16 | 3 | (1) |
2007—2008 | Daniya U17 | 19 | (4) |
2010—2012 | Daniya U19 | 25 | (5) |
2011 | Daniya U23 | 1 | (0) |
2011 | Daniya | 77 | (7) |
Xalqaro medallar | |||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2022-yil 18-iyun uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2022-yil 18-iyun uchun) |
Sofie Junge Pedersen (1992-yil 24-aprelda tugʻilgan) — daniyalik futbolchi. U Italiya A seriyasining „Juventus“ klubi va Daniya terma jamoasi yarim himoyachisi.
Jamoalardagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Junge Pedersen „IK Skovbakken“da klubidan 2011-yilda „Fortuna Hjorring“ga oʻtgan. Skovbakken 2010-yil aprel oyida Junge Pedersen va hamkasbi Pernil Harderni oʻzlarining ajoyib salohiyatini eʼtirof etgan holda shartnoma imzolagan edi[2].
2015-yil iyun oyida Junge Pedersen UEFA ayollar chempionlar ligasida „Fortuna Hjorring“ bilan oʻynagan. Shvetsiyaning Damallsvenskan chempionlarini hayratda qoldirgandan soʻng, „Rosengård“ bilan shartnoma imzoladi[3]. Rosengårddagi faoliyati davomida Junge boshidan jiddiy jarohat oldi va bu uni 2016-yilgi mavsum davomida oʻynay olmasligiga sabab boʻldi. 2017-yilda FC Rosengård shartnomasini uzaytirmaslikni tanladi va u Ispaniya Primyerasi klubi „Levante UD“ bilan shartnoma imzoladi. 2018-yil iyul oyida „Levante“ bilan shartnomasini tugatgandan soʻng, Junge Damallsvenskanga qaytib keldi va u yerda „Vittsjö GIK“ bilan shartnoma imzoladi. 2018-yil dekabr oyida Junge Italiyaning „Juventus“ klubi bilan shartnoma imzoladi.
Xalqaro faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]2008-yilda Yangi Zelandiyada boʻlib oʻtgan, 17 yoshgacha ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatining ilk bosqichida Junge Pedersen chorak finalda boʻlajak chempion Shimoliy Koreyaga 4:0 hisobida magʻlub boʻlishdan oldin, oʻz guruhida gʻalaba qozongan Daniya jamoasi tarkibida edi[4].
2011-yil dekabr oyida Junge Pedersen oʻzining katta terma jamoasidagi debyutida, San-Pauluda Chili ustidan 4:0 hisobida gʻalaba qozondi. U Daniya terma jamoasiga UEFA ayollar oʻrtasidagi „Yevro-2013“ uchun kiritilgan[5]. 2017-yilda u Nils Nilsenning UEFA Ayollar oʻrtasidagi „Yevro-2017“ uchun tarkibiga kiritilgan boʻlib, u Line Sigvardsen Jensenning jarohatidan soʻng, asosiy tarkbda Niderlandiyaga qarshi finalda oʻynagan.
Xalqaro faoliyat statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sana | Joy | Raqib | Hisob | Natija | Turnir | |
---|---|---|---|---|---|---|
1. | 2020-yil 22-sentyabr | Centenary Stadium, Taʼqali, Malta | Malta | 6 — 0 | 8-0 | UEFA ayollar oʻrtasidagi „Yevro-2022“ saralashi |
2. | 2020-yil 21-oktyabr | Viborg stadioni, Viborg, Daniya | Isroil | 4 — 0 | 4-0 |
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Junge Pedersen futbolchi boʻlishi bilan bir qatorda sotsialist sifatida tanilgan, ziyoli hisoblanadi[6]. Futbolchilik faolyati va universitetda oʻqishdan tashqari, u Afrikada xayriya va rivojlanish ishlarini olib boradi[7].
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Fortuna Hjorring
- Elite divizion: 2013— 2014
FK Rosengård
- Damallsvenskan: 2015
Juventus
- A Seriya: 2019—2020, 2020—2021, 2021—2022
- Italiya kubogi: 2021—2022
- Italiya Superkubogi: 2019—2020, 2020—2021, 2021—2022
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „List of Players - Denmark“. FIFA (27-oktabr 2008-yil). 5-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-sentyabr 2015-yil.
- ↑ Dahl Mikkelsen, Tejs. „To talenter på kontrakt i Skovbakken“ (datcha). Århus Stiftstidende (27-aprel 2010-yil). Qaraldi: 5-sentyabr 2015-yil.
- ↑ Andersson, Jan Peter. „Junge Pedersen snart klar för FC Rosengård“ (shvedcha). Expressen (15-iyun 2015-yil). Qaraldi: 5-sentyabr 2015-yil.
- ↑ „Sofie Pedersen“. UEFA (28-sentyabr 2012-yil). Qaraldi: 5-sentyabr 2015-yil.
- ↑ Bruun. „Upbeat Heiner-Møller confirms Denmark squad“. uefa.com. UEFA (21-iyun 2013-yil). Qaraldi: 14-iyul 2013-yil.
- ↑ „Sofie Junge Pedersen“ (datcha). Danish Football Association. 4-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-avgust 2022-yil.
- ↑ Ahlstrøm, Frits. „Topspiller magter fodbold, studier og ulandsarbejde“ (datcha). TV 3 (Denmark) (15-noyabr 2014-yil). 24-dekabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-sentyabr 2015-yil.