Kontent qismiga oʻtish

Sobirjon Oxunjonov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sobir Sobirovich Oxunjonov
Tavalludi 10-oktyabr 1919-yil
Vafoti 13-aprel 2012-yil(2012-04-13)
(92 yoshda)
Toshkent
Fuqaroligi SSSR
Mukofotlari Andoza:„1941—1945-yillar Ulugʻ Vatan Urushida jasorat bilan qilgan xizmatlari uchun“ medaliYaponiya ustidan qozonilgan g'alaba uchun «Mehnatda jasorat ko’rsatgani uchun (Harbiy jasorati uchun) yubiley medali. Vladimir Ilich Lenin tavalludining 100 yilligi munosabati bilan ta’sis etilgan»

Sobirjon Oxunjonov (10-oktyabr 1919, Toshkent — 13-aprel 2012, Toshkent) — general-leytenant (1973). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1982). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi (1989). 1938-yildan armiya safida. Harbiy piyodalar bilim yurtini (1940), harbiy akademiyani (1955), Fargʻona pedagogika institutini (1966) tugatgan. Ikkinchi jahon urushi davrida Stalingrad, Jan.-Gʻarbiy, 1-Ukraina frontlarida xizmat qilgan. 1946—64 yillarda Turkiston harbiy okrugida turli lavozimlarda ishlagan. Fargʻona viloyati harbiy komissari (1964—67), Oʻzbekiston harbiy komissarining oʻrinbosari (1967—71). Oʻzbekiston grajdan mudofaasi boshligʻi oʻrinbosari, shtab boshligʻi (1971—86). Toshkent shahri urush va mehnat faxriylari kengashi raisi (1987—91). Oʻzbekiston Respublikasi urush va mexnat faxriylari kengashi raisi oʻrinbosari (1991—97).[1]

S. S. Ohunjonov tomonidan chop etilgan kitoblar
1. Tabiiy ofatlarga qarshi kurash — umumxalq ishi (Toshkent, 1978).
2 Oʻzbek SSRining fuqaro muhofazasiga — 50 yil (Toshkent, 1982).
3 Fuqaro muhofazasi tizimida sanitariya yordami boʻlimi (Toshkent, 1982).
4 Oʻzbekistonning hozirgi bosqichida fuqaro muhofazasi (Toshkent, 1983).
5 Sovet xalqining 1941—1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushidagi gʻalabasining jahon-tarixiy ahamiyati. (Toshkent, 1985).
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil