Sobira Xoldorova
Sobira Xoldorova | |
---|---|
Tavalludi |
1907-yil |
Vafoti |
01.08.1981 Toshkent |
Fuqaroligi | SSSR → Oʻzbekiston |
Taʼlimi | Moskva Oliy jurnalistika instituti |
Kasbi | Jurnalist |
Turmush oʻrtogʻi | Moʻmin Usmonov |
Bolalari |
Poʻlat Usmonov Manzura Usmonova |
Onasi | Komila Qoʻziboyeva |
Sobira Xoldorova (1907-yil, Chust, Namangan, SSSR – 1981-yil, Toshkent) – Qatagʻon qurboni boʻlgan birinchi oʻzbek ayol jurnalisti[1].
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sobira Xoldorova 1907-yilda Namanganning Chust shahrida kambagʻal dehqon oilasida tugʻilgan. Yoshligi otasidan yetim qolgach onasi ota uyiga qaytib boradi. Sobira Xoldorova togʻasi qaramogʻida voyaga yetadi. Biroq 1918-yilda togʻasi ham vafot etgach, uni uzoq bir qarindoshi asrab oladi. Keyinchalik hali balogʻatga yetmagan qizni yoshi katta bir kishiga nikohlab berishadi. Turmushiga rozi boʻlmagan Sobirani eri kaltaklab molxonaga qamab qoʻyadi. Sobira u yerdan qochib ketadi. Uni topib olgan militsiya xodimlarni Qoʻqondagi 5-sonli bolalar internatiga topshiradilar. Internatda Sobira Xoldorova taʼlim olib, rus tilini oʻrgandi. Oʻzining iqtidori bilan oʻqituvchilarini ham hayron qoldirgan. 1923-yilda Toshkentga kelib xotin-qizlar maorif institutida ikki yil davomida taʼlim oladi. Keyinchalik Moskvada joylashgan Oliy jurnalistika institutida ham oʻqiydi. Talabalik yillarida qoʻqonlik Moʻmin Usmonovga turmushga chiqgan. Oʻgʻli Poʻlat Moskvada dunyoga kelgan.
Toshkentga qaytgach, bir qancha gazeta, jurnal tahririyatlarida ishlaydi. 1937-yilda „burjua elementlar bilan aloqaga yoʻl qoʻygan, ogohlikni yoʻqotgan“ degan ayblovlar bilan qamoqqa olinadi. 1937-yil oktyabrda qamoqda oʻtkazilgan ochlik, suvsizlik, uyqusizlik kabi jismoniy qiynoqlar natijasida ruhiy xasta boʻlib qolgan. 1940-yil 5-dekabr kuni Yakutiyaga 10 yilga surgun qilinadi[2]. Sobira Xoldorovaning turmush oʻrtogʻi Moʻmin Usmonov ham 1938-yil 4-oktyabrda otib tashlangan[3]. Surgun toʻgʻrisida sud hukmidan soʻng farzandlari Poʻlat va Manzura bolalar uyiga topshirilgan.
Sobira Xoldorova 1955-yilda qamoqdan qaytadi. Shundan soʻng SSSR KPSS MQ birinchi kotibi Nikita Xrushchyov nomiga ariza yozadi. Unda oʻzining boshidan kechirganlari, ogʻir qismati, tergovda uzoq vaqt qilingan tuhmatlarni rad etgani haqida soʻzlaydi. Ayblovlarni rad etganiga qaramy Yakutiya surguni va surgunda bir necha yillarni ruhiy kasalliklar shifoxonasida oʻtkazganini maʼlum qiladi. 1956-yil 22-iyunda oqlanganligi maʼlum qilinadi. 1956-yilning 12-noyabr kuni turmush oʻrtogʻi Moʻmin Usmonov ham oqlangani xabari beriladi[4].
Sobira Xoldorova umrining oxiriga qadar ruhiy kasallikdan aziyat chekadi. 1981-yilda vafot etgan. Oʻgʻli Poʻlat Usmonov ikkinchi jahon urushidan yarador boʻlib qaytgan. Qizi Manzura Usmonova fizika-matematika fanlari doktori.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „O‘zbekiston tarixidagi ilk kashshof ayollar“. Qaraldi: 29-iyun 2023-yil.
- ↑ Мафтуна КАРИМОВА „Қатағонга учраган биринчи ўзбек аёл журналисти – руҳий касалликлар шифохонасидан сургун тарихигача“. uza.uz. Qaraldi: 29-iyun 2023-yil.
- ↑ Tarixning noma'lum sahifalari (1-kitob). Ga'fur G'ulom nomidagi nashriyot uyi, Toshkent 2009 — 139-bet. ISBN 9 7 8 -9 9 0 4 3 -0 3 -2 2 6 -2.
- ↑ Sardor Ali Nurmatov „Sobira. Qatag‘onga uchrab, ruhiy kasalikka chalingan birinchi o‘zbek ayol jurnalisti mash’um hayoti“. Qaraldi: 29-iyun 2023-yil.
- 1907-yilda tugʻilganlar
- 1984-yilda vafot etganlar
- Jurnalistlar
- Ayollar
- Kasbiga koʻra kishilar
- Sovet davri qatagʻon qurbonlari
- Namangan viloyati kishilari
- SSSRda tugʻilganlar
- Chust tumanida tugʻilganlar
- Ayol jurnalistlar
- O‘zbekistonlik jurnalist ayollar
- Toshkentda tahsil olgan talabalar
- Oʻzbekiston SSRda vafot etganlar
- Oʻzbekistonlik jurnalistlar