Kontent qismiga oʻtish

Sobir Odilov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sobir Rahimovich Odilov (1-mart 1932-yil, — Toshkent2002-yil.18-iyul) — meʼmor, Odilov oʻzbek meʼmorligi va monumental sanʼatini rivojlantirishga katta hissa qoʻshgan. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan binokor (1967). Oʻrta Osiyo politexnika institutini tugatgan (1955). Olmaliq shahri (1955—61) va Toshkent viloyati (196266) bosh meʼmori, Toshkent shahri bosh meʼmori (197084, 199091), "Oʻzbekdavlatqurilish" qoʻmitasi raisi oʻrinbosari (197585; 1990 —91). Oʻzbekiston madaniyat yodgorliklarini taʼmirlash ilmiy tadqiqot va loyihalash institutida boʻlim mudiri (1986), direktori (1989). Toshkent shahri bosh plani va Andijon, Jizzax markaz loyihalari (1970, 1980) muallifi. Odilov rahbarligida 80 dan ortiq loyiha (maydon, turar joy, haykal va boshqalar) yaratilgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil