Siyra
Qiyofa
Siyra, sira (arab. — hayot yoʻli, tarjimai hol) — Muhammad (sav) hayot yoʻlini bayon qilishga bagʻishlangan, ilk islom davrida vujudga kelgan diniy-tarixiy asarlarning umumiy nomi. Dastlabki S.lar koʻp boʻlgan, ularning anchasi yoʻqolib ketgan. Ulardan Voqidiy (747—823)ning "Kitob almagʻoziy" ("Harbiy yurishlar kitobi") va avvalgi S.larni umumlashtirgan Ibn Ishoq va Ibn Hishom (834 y.v.e.)ning "Siyrat Rasul Alloh" ("Alloh elchisining hayot yoʻli") asarlari bizgacha yetib kelgan. S.lar ilk islom tarixini tadqiq qilishda asosiy manba hisoblanadi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |