Kontent qismiga oʻtish

Sitora Hamidova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sitora Jumanazarovna Hamidova

2016-yilda Rio-de-Janeyrodagi yozgi Olimpiya o‘yinlarida
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Ayol
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 12-may 1989-yil (1989-05-12) (35 yosh)
Termiz, Surxondaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR
Sport
Qaysi sport yengil atletikachi

Sitora Jumanazarovna Hamidova ( 1989- yil 12-may, Termiz, Surxondaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR ) — o‘rta va uzoq masofalarga yugurish hamda marafon yugurish bo‘yicha o‘zbekistonlik yengil atletikachi. 2016-yilgi yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan.

Sitora Hamidova 1989-yil 12-mayda Surxondaryo viloyati, Termiz shahrida dunyoga keladi[1] . Termiz davlat universitetini tamomlaydi.

Sitora 2015-yilda 10 000 metrga yugurish bo‘yicha O‘zbekiston chempionati, 2016-yilda kross bo‘yicha O‘zbekiston chempionati g‘olibi bo‘ladi[2] .

U 2016-yilda Rio-de-Janeyrodagi yozgi Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasi tarkibiga kiradi. 10 000 metrga yugurishda u oltin medalni qo‘lga kiritgan efiopiyalik Almaz Ayanaga 2 daqiqa 40,32 soniyani boy berib, O‘zbekiston rekordi – 31 daqiqa 57,77 soniya bilan 24-o‘rinni egalladi[3]. Marafonda Sitora Hamidova 2 soat 39 daqiqa 45 soniyada eng yaxshi natija ko‘rsatgan 133 nafar ishtirokchi orasida 54-o‘rinni egalladi. Hamidova g‘olib - keniyalik Jemima Sumgongga 15 daqiqa 41 soniyada imkoniyatni qo‘ldan boy beradi[4] .

Uch marotaba jahon chempionatlarida ishtirok etadi. 2015—2019-yillarda u marafonda marraga yetib kela olmaydi, 2017-yilda 10 000 metrga yugurishda (31.57.42 soniya natija bilan) O‘zbekiston rekordi bilan 18-o‘rinni egalladi.

Hamidova 2018-yili Jakartadagi yozgi Osiyo o‘yinlarida 5000 va 10000 metrga yugurishda 8-o‘rinni egallagan edi.

10 000 metr (31.57.42 natija bilan) va yarim marafonda (1:13.10 natija bilan) O‘zbekistonning amaldagi rekordchisiga aylanadi[5].

O‘zbekiston bo‘yicha xalqaro toifadagi sport ustasi[6].

Shaxsiy rekordlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • 1500 metrga yugurish — 4.24.6 (2009-yil 6-iyun, Bishkek ) [7]
  • 3000 metrga yugurish — 9.20.56 (2011-yil 11-iyun, Toshkent ) [7]
  • 5000 metrga yugurish — 15.50.26 (2001-yil 23-iyul, Cheboksari ) [7]
  • 5000 metrga yugurish (yopiq) — 15.56.38 (2018-yil 26-yanvar, Toshkent) [7]
  • 10 000 metrga yugurish — 31.57.42 (2017-yil 5-avgust, London ) [7]
  • Yarim marafon — 1:14.02 (2018-yil 9-sentyabr, Minsk ) [7]
  • Marafon — 2:33.46 (2019-yil 14-aprel, Varshava ) [7]
  1. „Ситора Хамидова“. uzathletics.uz. 2021-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 22-sentyabr.
  2. „Хамидова Ситора“. uzathletics.uz. Qaraldi: 2020-yil 26-avgust.
  3. „Olympedia – 10,000 metres, Women“. www.olympedia.org. Qaraldi: 2020-yil 26-avgust.
  4. „Olympedia – Marathon, Women“. www.olympedia.org. Qaraldi: 2020-yil 26-avgust.
  5. „РЕКОРДЫ УЗБЕКИСТАНА ПО ЛЕГКОЙ АТЛЕТИКЕ (СТАДИОН, ШОССЕ)“. uzathletics.uz. Qaraldi: 2020-yil 26-avgust.
  6. „Ситора Хамидова“. uzathletics.uz. 2020-yil 1-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 22-sentyabr.
  7. 7,0 7,1 7,2 7,3 7,4 7,5 7,6 „Sitora KHAMIDOVA | Profile“. www.worldathletics.org. Qaraldi: 2020-yil 26-avgust.