Sirli masjid
Sirli masjid | |
---|---|
Umumiy maʼlumot | |
Turi | Masjid |
Manzili |
Namangan shahri, Qoʻqon koʻchasi, 5-uy |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Qurilishi boshlangan | XIX asr |
Qurilishi tugagan | XIX asr |
Egasi | Davlat mulki |
Texnik holati | |
Material | Pishgan gʻisht |
Qavatlar soni | 1 |
Sirli masjid — Namanganda saqlanib qolmagan meʼmorlik yodgorlik (XIX asr)[1]. Masjid tarxiga koʻra nomutanosib boʻlib, toʻgʻri toʻrtburchak tarxli, 2 ustunli xonaqoh (11,35 x 8,0 m) va sathi undan ancha katta boʻlgan 2 tomonlama qurilgan ayvondan iborat. Ayvon va xonaqoh devorlariga choʻqqisimon mehroblar ishlangan. Xonaqoh bezaksiz, ammo ayvon turli naqshlar bilan serhasham bezatilgan (nomi ham „sirli“ — sirlangan, hallangan degan maʼnoda). Ayvon shifti havozasi va ustunlar tepasi muqarnasli qoshlar, rangorang gulli naqshlar va bezakli poyustunlar bilan ziynatlangan. Devorlarining yuqori tomonlari enli handasiy naqshlar bilan hoshiyalangan. Ayvon bezagida xalq sanʼatining eng goʻzal namunalari, fargʻonalik xalq ustalarining ijodiy imkoniyatlari keng namoyish etilgan. Masjid oldidagi chor atrofi toʻsilgan hovlida tarhi tengtomonli hovuz (10,0 x 19,0), keksa chinor va xom gʻishtdan qurilgan sinchli bino bor.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Ulkanboyeva, Rayhona „Наманганда тарихий масжидни бузган қурилиш раҳбари қамоққа олинди“. qalampir.uz (2024-yil 16-iyul). Qaraldi: 2024-yil 1-sentyabr.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |