Sirius Black
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Sirius Black – J. K. Rowlingning Harry Potter kitoblaridagi xayoliy qahramon. Sirius birinchi marta „Harry Potter va hikmatlar toshi“ kitobida Lord Voldemort James va Lily Potterni oʻldirgandan koʻp oʻtmay, Rubeus Hagridga uchar mototsikl sovgʻa qilgan sehrgar sifatida qisqacha eslab oʻtilgan. Uning obrazi „Harry Potter va Azkaban mahbusi“ filmida yaqqol namoyon boʻlgan. Sirius kitoblardagi asosiy qahramon Harry Potterning choʻqintirgan otasi ekanligi ham maʼlum boʻlgan.
Obraz tavsifi
[tahrir | manbasini tahrirlash]U taniqli sof qonli sehrgarlar oilasi boʻlgan Black xonadonning soʻnggi vorisi. Uning ota-onasi Orion va Valburga Black amakivachchalar boʻlgan. Siriusning ukasi Regulus Arcturus Black va uchta qiz amakivachchalari bor edi: Bellatrix Lestrange, Andromeda Tonks (uning sevimli amakivachchasi va Nympadora Tonksning onasi) va Narcissa Malfoy (Drako Malfoyning onasi). Balck oilasining bolalariga yulduzlar va yulduz turkumlari nomini berish anʼanalariga koʻra, Sirius Black Sirius yulduzi sharafiga nomlangan. Siriusning yoshligi yaxshi oʻtmagan; u koʻpchilik qarindoshlarini, xususan, onasini yomon koʻrgan. U oʻz oilasining sof qonlilik elitizmini va qora sehrga boʻlgan hurmatini yoqtirmagan. Hogwartsda, boshqa oila aʼzolari kabi Slizeringa borgandan koʻra, Griffindorga borishni xoxlagan. Uydagi hayotidan farqli oʻlaroq, Sirius Hogwartsdagi hayotni afzal koʻrgan. U eng yaxshi doʻsti James Potterdan ajralmas edi. Sirius va Jeyms juda mashhur boʻlgan. Talabalarga uning achchiq hazil-mutoyibasi yoqar edi, oʻqituvchilar esa uning xatti-harakati uchun boʻlmasa-da, aql-zakovati uchun hurmat qilishgan. Jeyms va Severus Snape oʻrtasida oʻzaro janjallar paydo boʻlganda, Sirius Jeymsni qoʻllab-quvvatlagan. Sirius va Jeyms koʻpincha Snapeni qora sehrga boʻlgan qiziqishi uchun yoqtirishmagan. Ular, shuningdek , Piter Pettigrew va Remus Lyupin bilan yaqin doʻst boʻlishgan.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |