Kontent qismiga oʻtish

Sirfidlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sirfidlar (Syrphidae) — ikki qanotli qisqamoʻylovlilar turkumiga mansub entomofag pashshalar oilasi. Oʻrta Osiyo sugʻorma dexdonchilik mintaqasida tarqalgan. Tanasining uz. 4–23 mm, oqish va qora rangli yoʻllarning almashib, navbatmanavbat kelishi bilan ular arilarga oʻxshab ketadi. Lichinkasi qurtsimon, oyoqsiz. Soxta pilla ichida gʻumbakka aylanadi. S.ning turlari lichinkalari har xil ovqatlanish va hayot kechirish tarziga ega. Oʻsimliklarni biologik himoya qilish usulida yirtqich S. katta ahamiyatga ega, jumladan, yarim oy S. (Syrphus corollae F.), tasmali S. (S. ribessii L.) va boshqa S. lichinkasi oʻsimlik bitlari, kapalaklarning kichik yoshdagi lichinkalari, tripelar, shuningdek, koksidlar hamda jizildoqlarning baʼzi turlari bilan oziqlanadi. Baʼzi tur S. nekrofag (hayvon oʻlimtiklari bilan oziqlanuvchi) va saprofag (oʻsimlik qoldiklari bilan oziqlanuvchi) hamda fitofag (oʻsimliklar bilan oziqlanuvchi) boʻlishi mumkin, ayrimlari esa jamoa boʻlib yashaydigan hasharotlar (mas, chumolilar) uyasida ular ozigʻiga sherikchilik qiladi.