Kontent qismiga oʻtish

William Herschel

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Sir Frederick William Herscheldan yoʻnaltirildi)
William Herschel
Tavalludi 15-noyabr 1738-yil
Hanover, Brunswick-Lüneburg, Muqaddas Rim imperiyasi
Vafoti 25-avgust 1822-yil(1822-08-25)
(83 yoshda)
Slough, Berkshire, Angliya
Fuqaroligi Olmon, keyin britan
Sohasi Astronomiya, musiqa
Mashhur ishlari Uran, infraqizil nurlanish va qator osmon jismlari kashfiyoti
Mukofotlari Copley medali

William Herschel (talaffuzi: Frederik Uilyam Hershel; 15-noyabr 1738 – 25-avgust 1822) olmon-britan astronomi, texnik mutaxassisi va bastakori boʻlgan. Hanoverda tugʻilgan William 19-yoshida Buyuk Britaniyaga koʻchib ketgan. Herschel Uran sayyorasi va uning ikki tabiiy yoʻldoshi — Titania va Oberonni kashf qilgan shaxs sifatida mashhurdir. U shuningdek Saturn yoʻldoshlari, boshqa osmon jismlari va infraqizil nurlanishni ochgan. Herschel musiqa bilan ham shugʻullangan, u yigirma toʻrtta simfoniya bastalagan.

GERSHEL (Herschel) Vilyam (Fridrix Vilgelm) (1738.15.11, Gannover, Germaniya —1882.25.8, Slau, London yaqinida) —ingliz astronomi va optigi. London Qirollik astronomiya jamiyati aʼzosi (1781). 1757-yilda Angliyaga kelib, mashhur kompozitor va musiqa oʻqituvchisi sifatida taniladi.

Keyinchalik (36 yoshidan) astronomiyaga qiziqib, yuzlab teleskoplar yasadi. 1781-yil 13-martda Uran sayyorasini kashf qildi va uning ikki yoʻldoshi —Oberon va Titaniyani ochdi, Saturnning ikki yoʻldoshi hamda uning oʻz oʻqi atrofida aylanishini aniqladi. G. 2500 dan ortiq yulduz toʻdalari va tumanliklarini oʻz ichiga olgan jadvalni tuzdi. Teleskoplarni loyihalash va yasashda unga ukasi, isteʼdodli mexanik Aleksandr G., keyinchalik oʻgʻli, mashhur astronom Jon G., astronomik kuzatuvlarda singlisi, astronom ayol Karolina G. koʻmaklashgan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil