Kontent qismiga oʻtish

Sipohiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sipohiy, sipoh (forsjangchi, askar) —1) Saljuqiylar saltanatida uncha katta boʻlmagan mulkka egalik qilgan, erkin mulkdor otliq qoʻshin vakili; 2) Usmonli turk imperiyasi armiyasida aniq shartnoma asosida harbiy xizmatni oʻtovchi shaxs. S xizmati evaziga yer — timar berilgan. 14—16-asrlarda S.lar turk armiyasining asosiy qismini tashkil qilgan. Turk S.si jangga toʻqmoq, oybolta, ikki qilich, nayza va oʻqyoy bilan otlangan. 17-asr soʻngida S. Damashq poʻlatidan yasalgan zirh va dubulgʻa bilan taʼminlangan; 3) Eron, Oʻrta Osiyo xonliklarida suvoriy askar. Amir Temur, Bobur qoʻshinida S. termini faol qoʻllangan. Oʻrta asrlarda qishloq va shaharlarda harbiy soliqni undiruvchi kichik mansabdor ham S. deb atalgan. Hozir Eronda maorif va sogʻliqni saqlash masalalari bilan shugʻullanuvchi yarim harbiy korpus aʼzosi; 4) 18-asr oʻrtalari — 20-asrning 40y.larida Hindistondagi yollanma askar. S.lar mustamlakachilar qoʻshiniga mahalliy aholi safidan jalb qilingan. Inglizlar S.lardan Hindistonni mustamlaka qilishda keng foydalangan. 1857—59 yillar boʻlgan Xindiston xalq qoʻzgʻoloiida S.lar ham ishtirok etganligi bois bu qoʻzgʻolon sipohiylar koʻzgʻoloni deb nomlangan.