Sinxron generator
Sinxron generator (yun. synchrenos — bir vaqtli va generator) — generator rejimida ishlaydigan oʻzgaruvchan tok elektr mashinasi; sinxron mashina. Odatda, sinxron mashina 3 fazali (generator, dvigatel, kompensator) boʻladi. Sanoat chastotali tok hosil qilish uchun rotorlari bugʻ turbinalari (turbogeneratorlar) yoki suv turbinalari (gidrogeneratorlar) bilan harakatlantiriladigan S. g.lar keng ishlatiladi. Shuningdek, gaz turbinasi, ichki ye’nuv dvigateli, elektr dvigatellaridan harakatlanadigan S.glar qam bor. S.g. rotorining chulgʻamlari alohida generator yoki toʻgʻrilagichdan oʻzgarmas tok bilan taʼminlanadi. Rotor aylanganda uning magnit maydoni statorda oʻzgaruvchan elektr yurituvchi kuch (e.yu.k.) hosil qiladi. Sinxron generatork. kiymati rotor chulgamidagi tokni oʻzgartirish yoʻli bilan rbstlanadi. S.g.lardan oʻzgarmas chastotali oʻzgaruvchan tok manbai sifatida foydalaniladi; ular elektr st-yalari, elektr qurilmalari va boshqalarga oʻrnatiladi. Sinxron generatorlarga o`zgarmas kuchlanishni shotka orqali beriladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |