Sinlin
Qiyofa
Sinlin — Xitoyning sharqiy qismidagi togʻ tizmasi, sharkda Kunlun togʻlariga tutashib ketadi. Yanszi va Xuanxe daryolari oraligʻidagi suvayirgʻich. Uzunligi 1000 km, eng baland joyi 3666 m. Ohaktosh va kristalli slanetslardan tuzilgan. Kuchli parchalangan, sharkiy tizmalari toʻrt tarmokda boʻlingan. Shimoliy yon bagʻri tik, jan. esa qiya. S. shimolida moʻʼtadil mintaqa bilan janubidagi subtropik iklimli yerlar oʻrtasidagi muhim tabiiy toʻsikdir. Shimoliy qismi kashtan tuprokdi quruqdasht, qisman oʻrmon. Janubiy da doim yashil subtropik aralash oʻrmonlar bor. Togʻ oraligʻidagi vodiylarda aholi zich.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |