Kontent qismiga oʻtish

Sinkit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sinkit — oddiy oksidlar sinfiga mansub mineral. Kimyoviy tarkibi ZnO. Odatdagi aralashmalari: MgO (9% gacha), RO (5,3% gacha) va FeO (1,1% gacha). Geksagonal singoniyada kristallanadi. Odatda, donador toʻplamlar holida uchraydi, kristallari siyrak. Rangi toʻq sarikdan toʻq qizilgacha. Kam uchraydi. Qattiqligi 4—5; zichligi 5,6—5,7 g/sm3, yarim oʻtkazgich. Olmosdek yaltiraydi. Shaffof, moʻrt. Villemit, franklinit va boshqa kamyob minerallar bilan birga kontakt-metasomatik konlardagi qayta kristallangan ohaktoshlarda uchraydi. Zn rudasi sifatida AQShning skarn tipidagi Franklin konida qazib chiqariladi; baʼzi qoʻrgʻoshin-rux konlarida ham topilgan.