Kontent qismiga oʻtish

Simone de Beauvoir

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Simone de Beauvoir
Tavalludi
Simone Lucie Ernestine Marie Bertrand de Beauvoir

9-yanvar 1908-yil
Parij, Fransiya
Vafoti 14-aprel 1986-yil(1986-04-14)
(78 yoshda)
Parij, Fransiya
Fuqaroligi Fransiya[1]
Turmush oʻrtogʻi
Otasi Georges Bertrand de Beauvoir
Imzosi
Simone de Beauvoir

Simone Lucie Ernestine Marie Bertrand de Beauvoir (BB: /də ˈbvwɑːr/, AQSh: /də bˈvwɑːr/; fr; 9-yanvar 1908 – 14-aprel 1986) fransuz ekzistensialist faylasufi, yozuvchi, ijtimoiy nazariyotchi va feministik faol[2][3][4]. Garchi u oʻzini faylasuf deb hisoblamagan, vafoti paytida faylasuf deb hisoblanmagan boʻlsa-da, Simone de Beauvoir feministik ekzistensializmga ham, feministik nazariyaga ham sezilarli taʼsir koʻrsatgan[5].

Beauvoir falsafa, siyosat va ijtimoiy muammolar boʻyicha romanlar, esselar, hikoyalar, tarjimai hollar, avtobiografiyalar va monografiyalar yozgan. U oʻzining „feministik falsafada iz qoldiruvchi ishi“ bilan mashhur boʻlib[6], „The second sex (Ikkinchi jins)“ (1949) asarida ayollar zulmini batafsil tahlil qilgan va zamonaviy feminizmning asosini yaratgan. U oʻzining romanlari bilan ham tanilgan, ulardan eng mashhurlari „She Came to Stay (U qolish uchun keldi)“ (1943) va „The Mandarins (Mandarinlar)“ (1954) edi.

Uning adabiyotga qoʻshgan eng katta hissasi uning xotiralari asosida yozilgan asar, xususan, uning birinchi jildi, Mémoires d’une jeune fille rangée (1958) alohida eʼtiborga molik[7] (1958).[8]. U 1954-yil Gonkur mukofoti, 1975-yil Quddus mukofoti va 1978-yil Yevropa adabiyoti uchun Avstriya davlat mukofotiga sazovor boʻlgan. U 1961, 1969 va 1973-yillarda adabiyot boʻyicha Nobel mukofotiga ham nomzod boʻlgan[9]. Biroq, Beauvoir baʼzi talabalarini jinsiy zoʻravonlikda ayblaganidan keyin oʻqituvchilik faoliyatini qisqa muddatga toʻxtatgan bir vaqtda, koʻplab bahs-munozaralarga sabab boʻlgan.

Yoshlik yillari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Simone Beauvoir 1908-yil 9-yanvarda[10] Parijning 6-okrugidagi burjua oilasida dunyoga kelgan[11][12][13]. Uning ota-onasi – bir paytlar aktyor boʻlishni orzu qilgan advokat Georges Bertrand de Beauvoir hamda badavlat bankirning qizi va taqvodor katolik boʻlgan Françoise Beauvoir (qizlik familiyasi Brasser) edi[14]. Simonaning Helene ismli singlisi bor boʻlib, u ikki yil keyin, 1910-yil 6-iyunda tugʻilgan. Oila Birinchi jahon urushidan soʻng boyligining katta qismini yoʻqotib, oʻzining burjua maqomini saqlab qolish uchun kurashayotgan qatlam vakillaridan boʻlgan. Shu sababli, Françoise ikkala qizini ham obroʻli monastir maktabiga yuborishni qatʼiy talab qilgan.

Simone Beauvoir otasining ragʻbatlantirishi tufayli aqlan erta rivojlangan edi. Aytishlaricha, otasi „Simone erkaklardek fikrlaydi!“ deya maqtanishni yoqtirardi[15]. Oilasining moddiy ahvoli ogʻirlashgani sababli, u endi oʻz sepiga ega boʻla olmas, oʻz tengdoshlari boʻlgan boshqa oʻrta sinf qizlari kabi uning turmush qurish imkoniyatlari ham xavf ostida qolgan edi. Bovuar bu vaziyatdan foydalanib, oʻz tirikchiligi uchun harakat qilishga qaror qiladi[16].

U oʻzining yoshlik davri haqida Memoirs of a Dutiful Daughter (Itoatkor qizning xotiralari) kitobida yozar ekan, shunday degan: „…otamning individualizmi va majusiy axloqiy qarashlari onamning qatʼiy axloqiy anʼanaviyligi bilan butunlay zid edi. Hayotimni uzluksiz bahs-munozaraga aylantirgan bu muvozanatsizlik mening ziyoli boʻlib yetishishimning asosiy sababi boʻldi.“[17]

Simone Beauvoir oʻrta maktabni Cours Desirda tugatgach, oliy taʼlim olish uchun oʻqishini davom ettirgan[18]. 1925-yilda, oʻn yetti yoshida matematika va falsafa boʻyicha bakalavriat imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirgach, Parij katolik institutida matematika hamda Sainte-Marie institutida adabiyot va tillarni oʻrgandi. Soʻngra Sorbonnada falsafa taʼlimini oldi va 1928-yilda diplomni qoʻlga kiritgach, Léon Brunschvicg rahbarligida Leybnits haqida oʻzining Diplôme d’Études Supérieures Spécialisées (taxminan magistrlik dissertatsiyasiga teng) ishini yozdi (mavzu „Le concept chez Leibniz“ (Leybnitsda tushuncha) edi)[19]. Universitdagi siyosiy falsafa boʻyicha oʻqishlari unga jamiyat muammolari haqida oʻylashni boshlashga turtki boʻlgan.

Simone Beauvoir 1929-yildan 1943-yilgacha, faqat oʻz asarlari daromadi bilan oʻzini taʼminlay olgunga qadar, litsey darajasida oʻqituvchilik qilgan. U Marselda joylashgan Montgrand litseyida, Ruandagi Janna d’Ark litseyida hamda Parijdagi Moler litseyida (1936-1939-yillarda) dars bergan[20].

Robert Brasillach ustidan oʻtkazilgan sud jarayonida, Beauvoir „intellektual jinoyatlar“ uchun uni qatl etishni yoqlab chiqqan kamsonli mashhur ziyolilardan biri edi. U oʻzining bu qarori haqida 1946-yilda yozgan „An Eye for an Eye“ (Koʻzga koʻz) nomli essesida fikr bildirgan[21][22].

Jean Paul Sartre

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Simone Beauvoir va Jean Paul Sartre kollejda oʻqiyotgan paytlarida tanishib qolishganlar. Sartre Beauvoirning tarbiyachi sifatidagi qatʼiyatidan taʼsirlanib, ular oʻrtasidagi munosabatlarni romantik tus berishni istagan[23]. Biroq, Beauvoir bu holatga qiziqish bildirmagan. Keyinchalik u fikrini oʻzgartiradi. 1929-yil oktyabrda Jean-Paul Sartre bilan Beauvoir juftlikka aylanadi. Ular 51 yil davomida birga boʻlishgan. Bu turmush to Sartrening 1980-yilda vafot etguniga qadar davom etgan. Simone Beauvoirning otasi yosh juftlik bilan yuzlashgandan soʻng, Sartre unga vaqtinchalik nikoh tuzishni taklif qildi. Bir kuni Luvr tashqarisidagi oʻrindiqda oʻtirishganida, Sartre: „Keling, ikki yillik shartnoma tuzaylik“ deb aytgan[24]. Simone Beauvoir „Nikoh shartnomasini tuzish mumkin emas edi. Chunki mening sepim yoʻq edi“, deb yozgan boʻlsa-da, olimlar uning „The second sex“ va boshqa asarlarida tasvirlangan ideal munosabatlari oʻsha davrdagi nikoh meʼyorlariga deyarli oʻxshamasligini taʼkidlaydilar[25]. Buning oʻrniga, Simone va Sartre umrbod davom etadigan „ruhiy hamkorlik“ni boshlaydilar. Bu munosabat jinsiy xarakterga ega boʻlsa-da, eksklyuziv emas edi va birgalikda yashashni oʻz ichiga olmagan edi[26].

Simone Beauvoir 1986-yil 14-aprelda Parijda 78 yoshida pnevmoniyadan vafot etgan[27]. U Parijdagi Monparnas qabristonida Sartrening yoniga dafn etilgan[28]. U vafot etgan paytda ayollar huquqlari uchun kurashning oldingi saflarida boʻlgan shaxs sifatida hurmatga sazovor boʻlgan edi[29].

  1. (unspecified title)
  2. Pardina, María Teresa López (1994). "Simone de Beauvoir as Philosopher". Simone de Beauvoir Studies 11: 5–12. doi:10.1163/25897616-01101002. ISSN 1063-2042. https://www.jstor.org/stable/45173538. 
  3. Bergoffen, Debra; Burke, Megan „Simone de Beauvoir“. The Stanford Encyclopedia of Philosophy. Metaphysics Research Lab, Stanford University (2021). Qaraldi: 2022-yil 9-aprel.
  4. Cohen, Patricia. „Beauvoir Emerges From Sartre's Shadow; Some Even Dare to Call Her a . . . Philosopher“ (en-US). The New York Times (1998-yil 26-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 9-aprel.
  5. Bergoffen, Debra „Simone de Beauvoir“. Stanford Encyclopedia of Philosophy. Stanford University (2010-yil 16-avgust). Qaraldi: 2021-yil 11-iyun.
  6. „Simone de Beauvoir“, The Stanford Encyclopedia of Philosophy. Metaphysics Research Lab, Stanford University, 2023. 
  7. „Mémoires d'une jeune fille rangée - Simone de Beauvoir“ (fr). Babelio. Qaraldi: 2023-yil 2-mart.
  8. Norwich, John Julius. Oxford illustrated encyclopedia, Judge, Harry George., Toyne, Anthony., Oxford [England]: Oxford University Press, 1985–1993 — 40-bet. ISBN 0-19-869129-7. OCLC 11814265. 
  9. Nomination archive – Simone Lucie Ernestine Marie B de Beauvoir nobelprize.org
  10. „UPI Almanac for Thursday, Jan. 9, 2020“. United Press International (2020-yil 9-yanvar). 2020-yil 15-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 16-yanvar. „...French novelist Simone de Beauvoir in 1908“.
  11. Freely, Maureen. „Still the second sex“. The Guardian (1999-yil 6-iyun). 2019-yil 13-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 6-yanvar.
  12. „Lisa Appignanesi's top 10 books by and about Simone de Beauvoir“. The Guardian (2008-yil 8-yanvar). 2019-yil 13-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 6-yanvar.
  13. Hollander, Anne (11 June 1990). „The Open Marriage of True Minds“. The New Republic. 12 September 2015da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 6 January 2019.
  14. Mussett, Shannon. Simone de Beauvoir Biography on the Internet Encyclopedia of Philosophy. Retrieved 11 April 2010.
  15. Bair, p. 60
  16. „Beauvoir, Simone de“, The Oxford Encyclopedia Women in World History. Oxford University Press, January 2008. DOI:10.1093/acref/9780195148909.001.0001. ISBN 978-0-19-514890-9. 
  17. Memoirs of a Dutiful Daughter, Book One
  18. „Paris: sur les traces de Simone de Beauvoir“ [Paris: On the trail of Simone de Beauvoir] (fr). en-vols.com (2022-yil 22-noyabr). Qaraldi: 2023-yil 31-iyul.
  19. Margaret A. Simons (ed.), Feminist Interpretations of Simone de Beauvoir, Penn State Press, 1 November 2010, p. 3.
  20. Kelly Oliver (ed.), French Feminism Reader, Rowman & Littlefield Publishers, 2000, p. 1; Bulletin 2006 de l’Association amicale des anciens et anciennes élèves du lycée Molière, 2006, p. 22.
  21. David Newcastle, The Rise and Fall of Pierre Drieu la Rochlle, Gilles, Tikhanov Library, 2024, preface
  22. „An Eye for an Eye“: The Question of Revenge Sonia Kirks
  23. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named auto
  24. Bair, p. 155-7
  25. Ward, Julie K. (November 1999). "Reciprocity and Friendship in Beauvoir's Thought". Hypatia 14 (4): 36–49. doi:10.1111/j.1527-2001.1999.tb01251.x. 
  26. Appignanesi, Lisa. „Our relationship was the greatest achievement of my life“. The Guardian (2005-yil 10-iyun).
  27. „Encyclopędia Britannica's Guide to Women's History“. 2011-yil 13-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 16-iyul.
  28. Traub, Courtney „Montparnasse Cemetery in Paris: Walking Paths & Famous Graves“ (en-US). Paris Unlocked (2019-yil 22-may). Qaraldi: 2021-yil 2-yanvar.
  29. Bergoffen, Debra (2018-07-10). Zahavi, Dan. ed. "Simone de Beauvoir". Oxford Handbooks Online. doi:10.1093/oxfordhb/9780198755340.013.21. http://dx.doi.org/10.1093/oxfordhb/9780198755340.013.21.