Silliq roʻyan
Silliq ro‘yan | |
---|---|
Ilmiy tasniflash | |
Olam: | Eukariotlar |
Tip: | Yuksak oʻsimliklar |
Sinf: | Ikki urugʻpallalilar |
Turkum: | Ro‘yan |
Oila: | Ro‘yandoshlar |
Binar nomi | |
Rubia laevissima |
Silliq roʻyan (lotincha: Rubia laevissima) – ikki urugʻpallalilar sinfi, ro‘yandoshlar oilasi, ro‘yan turkumiga mansub koʻp yillik gulli oʻsimlik turi. Hayotiy shakli chala buta. Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kamyob, endemik tur sifatida kiritilgan. Toshkent viloyati Chatqol daryosi havzasida tarqalgan[1].
Tavsifi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Boʻyi 1 metrgacha yetadigan koʻp yillik oʻsimlik. Hayotiy shakli chala buta. Oʻq ildiz sistemasiga ega. Poyasi silliq, koʻndalang kesimi toʻrt qirrali yoki yumaloq, yuzasi och kulrang tusda. Barglari qisqa bandli, yashil, oddiy, poyada halqa hosil qilib oʻrnashgan. Gulqoʻrgʻoni murakkab, besh aʼzoli, gultojibarg va gulkosachabarglari qoʻshilmagan, ergin. Gullari ikki jinsli, poyada yakka yakka, barg qoʻltigʻida, yarim soyabon shaklini hosil qilib oʻrnashadi. Gultojibarglari och sariq yoki yashi tusda. Hasharotlar yordamida changlanadi. May iyun oylarida gullab mevasi iyulda pishib yetiladi. Mevasi qora, yaltiroq, uzunligi 6 mm boʻlgan soxta rezavor meva. Urugʻi yordamida koʻpayadi.
Tarqalishi va oʻsish sharoiti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tabiatda juda kam tarqalgan, umumiy hisobda 800 ta tupi borligi aniqlangan. Toshkent viloyati Chatqol daryosi havzasida tarqalgan. Dengiz sathidan 1000-1100 metr balandlikdagi yirik toshli surilmalar orasida oʻsadi. Toshlarning surilishi va koʻchkilar tufayli soni kamayib ketgan boʻlishi mumkin. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Botanika bogʻida oʻstirishga urinilgan, ammo barcha urinishlar natijasiz tugagan. Ugom-chatqol davlat tabiat milliy bogʻi hududida muhofaza ostiga olingan[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Rubia laevissima“.
- ↑ O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi I jild, 2019.