Shukurulloh Ismoilov
Bu maqolani oʻchirish taklif etiladi. Sababi va mos munozaralarni quyidagi sahifadan topishingiz mumkin: Vikipediya:Oʻchirishga/Shukurulloh Ismoilov. Maqolani yaxshilashga urinib koʻrishingiz mumkin, ammo munozara jarayoni yakunlanmagunga qadar mazkur ogohlantirish xabarini aslo olib tashlamang. Manbalar izla: „Shukurulloh Ismoilov“ – yangiliklar · gazeta · kitoblar · akademik · JSTOR Maqola muallifiga: Maqolangiz oʻchirilish arafasida boʻlsa, nima qilish kerak? Administratorlarga: bu yerga havolalar • tarix (oxirgi oʻzgarish) • Ismoilov qaydlar • oʻchirish Sahifani oʻchirishga nomzod oʻlaroq koʻrsatish:
|
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. (2023-07) |
Ismoilov Shukurulloh Habibulloh o'g'li | |
---|---|
Tavalludi |
20-fevral 1976-yil Urganch, Oʻzbekiston SSR |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Kasbi | fizik |
Sohasi | yadro fizikasi |
Taʼlimi | Toshkent davlat universiteti |
Ilmiy darajasi | fizika fanlari nomzodi |
Ilmiy unvoni | professor |
Ismoilov Shukurulloh Habibulloh o'g'li (1976-yil 20-fevral, Urganch, Oʻzbekiston SSR) – oʻzbekistonlik fizik fanlari nomzodi, iqtisodiyot fanlari doktori (2016), professor (2020).
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ismoilov Shukurulloh Xabibulla o‘g‘li 1976-yilda Xorazm viloyati, Urganch tumanida tug‘ilgan. 1998-yil Toshkent davlat universitetini tugatgan. Mutaxassisligi – fizik-o‘qituvchi. 01.04.07 – “Qattiq jismlar fizikasi” ixtisosligi bo‘yicha fizika-matematika fanlari nomzodi. Umumiy pedagogik staji 23 yil.
2005-yildan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning Urganch filialida turli lavozimlarda ish faoliyatini olib kelmoqda. 02.09.2020-yildan 29.12.2023-yilgacha Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimida;
03.01.2024-yildan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali direktor lavozimida ishlab kelmoqda.
Sh.H.Ismoilov Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialida 1 fundamental loyiha raxbari (2007-2010) va 1 ta Yosh olimlarni fundamental loyihalarini qo‘llab kuvvatlash jamg‘armasi loyihasi (2008-2009) raxbari, TATU da 1 ta amaliy loyiha (2019-2020) va 1 ta fundamental loyiha (2019) ishtirokchisi sifatida qatnashgan. Yevropa ittifoqining TEMPUS va ERASMUS+ loyihalari ishtirokchisi.
Respublikamiz va horijiy mamlakatlar ilmiy-texnik jurnallarida 70 dan ortiq ilmiy maqolalari chop qilgan. 3 ta uslubiy ko‘rasatmalar muallifi.
2014-yil sentyabr - dekabr oylarida Janubiy Koreyaning Chung-Ang universitetida 4 oylik malaka oshirish kursini o‘tagan.
2016-yil yanvar – fevral oylarida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi, Bosh ilmiy metodik markazida 144 soatlik “Ta’lim tizimi menejmenti” qayta tayyorlash kursi;
2016-yil noyabr – dekabr oylarida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi, Bosh ilmiy metodik markazida 352 soatlik “Boshqaruv kadrlari zaxirasini maqsadli o‘qitish” kurslarini tugatgan.
Oilasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oilali. 3 nafar farzandi bor[1].
Ilmiy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ismoilov Shukurulloh 2016-yilda iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini, 2019-yilda dotsent, 2020-yilda professor ilmiy unvonini olgan. 6 ta oʻquv qoʻllanma, 2 ta monografiya, 45 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi[2][3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „TATUga yangi rektor tayinlandi“ (2021-yil 16-iyun).
- ↑ Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 1-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2022 — 342-bet.
- ↑ „Назначен исполняющий обязанности ректора ТУИТа“ (2021-yil 16-iyun).