Shukur Ibrohimov
Ibrohimov Shukur (1927-yil 5-mart, Toshkent) — seleksionergenetik olim, qishloq xoʻjalik fanlari doktori (1974), professor (1976), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan agronom (1972). Toshkent qishloq xoʻjalik institutini tugatgan (1948). 1948—1984-yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Oʻsimliklar genetikasi va fiziologiyasi, Gʻoʻza seleksiyasi va urugʻchiligi, Paxtachilik ilmiy tadqiqot institutlarida ilmiy xodim, laborotoriya mudiri (1965-yildan), q. h. boshqaruvi idoralarida rahbarlik lavozimlarida ishladi. VASXNIL Oʻrta Osiyo boʻlimi raisi oʻrinbosari (1984— 1990), „Paxta“ IIB bosh direktori (1990—1992), Oʻzbekiston Paxtachilik ilmiy tadqiqot instituti direktori (1992—1995). 1995-yildan Gʻoʻza seleksiyasi va urugʻchiligi ilmiy tadqiqot institutida ilmiy maslahatchi va gʻoʻza mutagenezi laborotoriya mudiri. Ilmiy ishlari gʻoʻza seleksiyasi, genetikasi, biologiyasi, urugʻchiligi, agrotexnikasi va boshqa masalalarga bagʻishlangan. Ibrohimov gʻoʻzaning serhosil va rayonlashtirilgan S—6029, S-6030, S-6037, S-6040, Termiz 14, Termiz 16, Qizil Ravot, S—2602, Uychi 2 va Andijon 60 navlarining hammuallifi. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1987).
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Ostroye oblucheniye rasteniy, mutagenez i seleksiya xlopchatnika, T., 1976; Otdalyonnaya gibridizatsiya xlopchatnika, izlucheniye i rekombinogenez, T., 1985.[1]
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |