Shukrulla Yoʻldoshev
Shukrulla Yoʻldoshev | |
---|---|
Tavalludi |
11-aprel 1935-yil Toshkent, Oʻzbekiston SSR |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Kasbi | Mexanik olim |
Ish joylari | Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti |
Taʼlimi | Toshkent politexnika instituti |
Ilmiy darajasi | texnika fanlari doktori |
Ilmiy unvoni | professor |
Mukofotlari |
Shukrulla Ubaydullayevich Yoʻldoshev (1935-yil 11-aprel, Toshkent, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1992), texnika fanlari doktori (1982), professor (1983), O‘zbekiston qishloq xo‘jalik fanlari akademiyasi akademigi (1991).
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shukrulla Yoʻldoshev 1935-yil 11-aprel Toshkentdagi „‘Eski Juva“’ dahasining „Hazrati Imom“ mahallasida tugʻilgan[1]. 1957-yilda Toshkent politexnika institutining mexanika fakultetini tugatgan. 1957—1959-yillar Toshkentdagi 3-sonli avtobazada mexanik, katta muhandis, 1959—1962-yillarda Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash va elektrlashtirish institutida aspirant, kichik ilmiy xodim, 1962—1964-yillarda Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash va elektrlashtirish ilmiy tadqiqot institutida katta ilmiy xodim, 1974—1976-yillarda ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari, 1977—1983-yillarda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida dotsent va kafedra mudiri, 1983—1987-yillarda ilmiy ishlar boʻyicha prorektor, 1987—1991-yillarda „Mexanizatsiya“ markazining prorektori, 1991—1995-yillarda O‘zbekiston qishloq xo‘jalik fanlari akademiyasi vitse-prezidenti, Prezidium a’zosi, akademik, 1997—2004-yillarda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida kafedra mudiri vazifasida faoliyat olib borgan. 2004-yildan Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash kafedrasi professori[1]. 1995—2000-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati[1].
Oilasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oilali, 3 nafar farzandi bor[1].
Ilmiy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ilmiy ishlari qishloq xoʻjaligi mashinalarini taʼmirlash, ularga texnik xizmat koʻrsatish, paxta terish mashinalarining texnikaviy darajasini oshirish, ish kursatkichlarini yaxshilash masalalariga bagʻishlangan[1]. 1963-yil Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida „‘Иследование износа некоторы трушихся пар хлопковы марин“ mavzusida nomzodlik, 1982-yil Leningrad qishloq xoʻjalik institutida ( hozirgi Sankt-Peterburg davlat agrar universiteti) „Оценка показателей и повишение технического уровия уборочной техники“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.1977-yilda dоtsеnt, 1983-yilda professor ilmiy unvoni berilgan. 674 ta ilmiy maqolalari (bulardan 67 tasi xorijiy davlatlarda chop etilgan), 4 ta darslik, 5 ta monografiya, 29 ta ixtirolar uchun patentlar muallifidir[1].
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]„Mustaqillik“ nishoni (1992), „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi“ faxriy unvoni (1992)[2], „O‘zbekiston belgisi“ nishoni (1997), „Oʻzbekiston mustaqilligiga 20 yil“ (2011), „O‘zbekiston mustaqilligiga 25 yil“ (2016), va I daraja „Mehnat faxriysi“ (2018) koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 11-aprelda tugʻilganlar
- 1935-yilda tugʻilganlar
- Toshkentda tugʻilganlar
- Oʻzbekiston belgisi nishoni sohiblari
- Oʻzbekiston mustaqilligiga 20 yil nishoni sohiblari
- Oʻzbekiston mustaqilligiga 25 yil nishoni sohiblari
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arboblari
- Oʻzbekiston olimlari
- Qishloq xoʻjaligi sohasi olimlari
- Fan doktorlari
- Professorlar
- Toshkent davlat texnika universiteti bitiruvchilari