Shuhrat (gazeta)
Qiyofa
Shuhrat — milliy, adabiy, ilmiy, siyosiy gazeta. 1907-yil 1-dekabrdan haftada 2 marta chiqa boshlagan. Sahifalarida xurofotga qarshi maqolalar chop etilgan. Zamona talabiga javob beradigan kadrlar tayyorlash kerakligini targʻib qilgan. Gaz.da rasmiy muharrir Abdulla Avloniy deb yozilsada, ammo amalda unga Munavvarqori Abdurashidxonov rahbarlik qilgan. Mahmudxoʻja Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Tursunxoʻja Homidxoʻja oʻgʻli va Shoir Miskin Toshkandiylar gaz.ning asosiy mualliflari sanalgan.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |