Kontent qismiga oʻtish

Shuʼba

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Shuʼba (arab. — qism, tarmoq) — 1) Oʻrta asr Oʻn ikki maqom tizimida parda tuzilmalarining muayyan tarmogʻi. Shakyalar asosiy maqomlarga aloqador boʻlgan quyi tabaqadagi parda tuzilmalaridir. Sharq musiqa nazariyasiga oid adabiyotlarga koʻra, jami 24 Shakya boʻlib, tovushqatori 2 dan 10 pogʻonagacha yetgan. Ular, asosan, Dugoh, Segoh, Chorgoh, Panjgoh, Ashiran, Navroʻzi Arab, Mohur, Navroʻzi Xoro, Navroʻzi Bayotiy, Hisor, Nuhuft, Uz zol, Avj, Nayriz, Mubarqaʼ, Rakb, Sabo (Navroʻzi Sabo), Humoyun, Zovuliy, Isfahonak yoki Roʻyi Iroq, Bastai Nigor, Nihovand, Javziy, Muxayyar deb nomlanadi. Baʼzi manbalarda Nishoburak, Magʻlub, Ajam (Navroʻzi Ajam) kabi Shakya nomlari ham keltirilgan; 2) Shashmaqomda jamlangan mukammal ashula yoʻllari. Shakya namunalari oʻzaro farqli 2 guruhga taqsimlangan boʻlib, birinchisini saraxbor, talkin, nasr va yakunlovchi ufar, ikkinchisini esa, asosan, savt va moʻgʻulcha (tarkibiy shoxobchalari bilan) kabilar tashkil etadi.