Shomansur Saʼdullayev
Shomansur Saʼdullayev | |
---|---|
Tavalludi |
1951-yil 24-may |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Taʼlimi | Toshkent politexnika instituti |
Kasbi | Senator |
Unvoni | Akademik |
Mukofotlari |
2006-yil „Shuhrat“ medali, |
Sa’dullayev Shomansur Shoxsaidovich (24.05.1951, Toshkent shahar, Oʻzbekiston) – Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Oʻsimlik moddalari kimyosi instituti direktori, akademik, professor hamda Toshkent shahar Oliy Majlis senati aʼzosi[1][2].
Tarjimai holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shamansur Sagdullayev 1951-yilning 24-may sanasida Toshkent shahrida xizmatchi oilasida tugʻilgan tavallud topgan[3][2]. 1968-yili Toshkent politexnika institutining kimyo-texnologiya fakultetiga oʻqishga kirgan. 1973-yilda oʻqishni „Asosiy organik va neftkimyoviy sintez texnologiyasi“ mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan va „muhandis-texnolog“ ixtisosligiga ega boʻlgan[3]. 1974-yili Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Sobir Yunusov nomidagi Oʻsimlik moddalari kimyosi institutida tajriba laboratoriyasida birinchi boʻlib laborant soʻngra esa kichik ilmiy xodim lavozimida faoliyat yuritgan. 1996-yil mart oyidan boshlab Oʻsimlik moddalari kimyosi institut direktorining ishlab chiqarish va innovatsiya masalalari boʻyicha oʻrinbosari, 2006-yil noyabr oyidan esa shu institut direktori lavozimida faoliyat yurita boshlagan. Tarix fanlari doktori hamda professor Shomansur Sa’dullayev ish faoliyati davomida 400 dan ortiq ilmiy ish yozgan hamda bu yozilgan ilmiy ishlarning 100 dan ziyodi nufuzli xalqaro jurnallarda chop etilgan.
Amaliyotga tatbiq qilingan 20 dan ortiq dorilar muallifi oʻlaroq Oʻzbekistonda ilk „Yaxshi ishlab chiqarish amaliyoti (GMP)“ sertifikatiga ega boʻlgan tabiiy va sintetik preparatlar substansiyalarini ishlab chiqarish korxonasini ishga tushirgan.
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]2006-yili „Shuhrat“ medali sohibi, 2007-yil Oʻzbekiston Respublikasi davlat mukofotining fan va texnologiya sohasida laureati boʻlgan 2011-yil „Fidokorona xizmatlari uchun“ ordeni hamda 2021-yili. „Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi“ faxriy unvonini qoʻlga kiritgan[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Ilmga intilish saodatga eltadi“ (2023-yil 28-dekabr).
- ↑ 2,0 2,1 2,2 „Sagdullayev Shamansur Shaxsaidovich“. Qaraldi: 2024-yil 27-iyul.
- ↑ 3,0 3,1 „BUGUN TUG'ILGAN KUN!“. Qaraldi: 2024-yil 27-iyul.