Shohida Maʼzumova
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Shohida Maʼzumova (1907.12.1 -Toshkent — 1988.4.4) — aktrisa, rejissyor, Oʻzbekiston xalq artisti (1950). Toshkentdagi xotinqizlar pedagogika. bilim yurtini (1925), Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini (1954) tugatgan. 1925—29 yillar pedagogika. bilim yurtida mu-allima. 1929—61 yillarda Hamza teatrida aktrisa. Dramatik, hajviy va oʻtkir satirik, shuningdek, lirik, muhabbat sanamlari obrazlarini yuksak ma-horat bilan ijro etgan. Shulardan Halima ("Halima"), Shirin ("Farhod va Shirin"), Turandot ("Malikai Turandot"), Sultonbegim ("Jaloliddin"), Sanobar ("Hamza"), Muattar ("Sharq tongi"), Surmaxon ("Yurak sirlari"), Amaliya ("Qaroqchilar") va boshqa M. sahnada yaratgan eng yaxshi obrazlaridir. Rej. sifatida "Yurak sirlari", (B. Rahmon), "Aytsam tilim, aytmasam dilim kuyadi" (O. Yoqubov), "Paranji sirlari" (Hamza) kabi spektakllarni saxnalashtirgan. 1961—88 yillar Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutida dars bergan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |