Kontent qismiga oʻtish

Shoh Axsi madrasasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Madrasa
Shoh Axsi madrasasi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Buxoro viloyati
Shahar Buxoro
Maktab yoʻnalishi sunniy
Mulkdor hazrat oxund Poyanda Muhammad Husayniy Shoh Axsaviy
Meʼmoriy uslub Markaziy Osiyo meʼmorchiligi
Binokorlik tashabbuschisi hazrat oxund Poyanda Muhammad Husayniy Shoh Axsaviy
Asosiy sana:
XVI asr
Holati Saqlanib qolmagan
Hujralar soni 12 ta
Qurilish materiali Pishiq gʻisht


Shoh Axsi madrasasi  — Buxoro madrasasi. Hozirgi kunda madrasa saqlanib qolmagan. Shoh Axsi madrasasi XVI asrda Shoh Axsi guzarida[1], Buxoro xonligida hukmronlik qilgan Abdullaxon ibn Iskandarxon davrida, hazrat oxund Poyanda Muhammad Husayniy Shoh Axsaviy tomonidan bunyod etilgan. Tadqiqotchi olim Abdusattor Jumanazarov ushbu madrasaga oid bir qator vaqf hujjatlarini oʻrgangan boʻlib, madrasa bilan bogʻliq maʼlumotlar keltirgan. Madrasa faoliyati bilan bogʻliq bir qator hujjatlar topilgan. Bir hujjatda mazkur madrasada tahsil olgan Kamol Hoʻqandiy kasal boʻlib qolganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar uchraydi. Madrasa mutavvalisi mudarris boʻlgan. Madrasa har bir xonasida ikki nafar talaba yashagan. Hujjatlarda Sadr rais Mir Badriddin arznomalarining birida Shoh Axsi xonaqohining sharqiy tomonidagi 8 hujrasi taʼmirlangani va unda talabalar yashagani toʻgʻrisida maʼlumotlar mavjud. Shoh Axsaviy tasavvuf ahlidan boʻlgan. XVI asrda Naqshbandiya tariqatining mashhur vakillaridan biri. Buxoro xonligi hukmdori Abdullaxon II 1566-yilda oʻz madrasasini qurib bitkazganidan soʻng, Shoh Axsini tanlab, madrasa bosh mudarrisi qilib tayinlagan. Shoh Axsaviy 1601-yilda Buxoroda vafot etadi va Mozori Sharif darvozasi tashqarisida dafn etiladi. U yagan hudud uning nomi bilan atalgan[2]. Sadri Ziyo Shoh Axsi madrasasida 12 ta hujralar boʻlganligini yozib qoldirgan[3]. Shoh Axsi madrasasi 12 ta hujradan iborat boʻlgan. Ushbu madrasa Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi uslubida bunyod etilgan. Madrasa pishiq gʻisht, yogʻoch, tosh va ganchdan qurilgan.


  1. Rahmatova S, Qurbonov H. Buxoro guzarlari tarixidan lavhalar. Buxoro: Buxoro nashriyoti, 1995 — 144-bet. 
  2. Abdusattor Jumanazar. Buxoro taʼlim tizimi tarixi. Toshkent: Akademnashr, 2017 — 592-bet. 
  3. Muhammad Ali Baljuvoniy. Tarixi Nofeyi (Foydali tarix). Toshkent: Akademiya nashriyoti, 2001 — 122-bet.